• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan ayolni qanday qilib bog‘chaga kiritaman?” Qashqadaryoning bosh tarbiyachisi jurnalistga qo‘yilgan taqiqni izohladi

    OAVda “So‘kong‘ich tarbiyachi” sarlavhali xabar chop etildi. Unda keltirilgan audioyozuvdagi ovozlarning biri Qashqadaryo viloyatining bosh tarbiyachisi Asror Alimardonovga tegishli ekanligi aytiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Audioyozuvda boshliq suhbatdosh xodimiga axborot olishga kelgan jurnalist bilan gaplashmaslikni aytib, uni haydab yuborish haqida topshiriq beradi. Boshqarma boshlig‘ining ovozi ekanligi taxmin qilinayotgan yozuvda u xodimiga jurnalistga axborot berishni taqiqlash barobarida bog‘chalarga kiritmasligini, muxbirning ta’magirligi bo‘lsa, isbot uchun audioyozuv yozish imkoni haqida so‘raydi.

    “Daryo” muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonov bilan suhbatlashdi. Boshqarma boshlig‘i jurnalistni bog‘chaga kiritmasligi va haydab yuborish haqida topshiriq berishining sababini ochiqladi. Uning aytishicha, Qamashidagi bog‘chalarga borgan jurnalist yaqinda Jizzax viloyatidagi shifoxonalardan birining virusologiya bo‘limida davolanib chiqqan. Shuning uchun ham u jurnalist sog‘lig‘iga shubha qilib, bolalar oldiga qo‘ymagan.

    Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonovning tan olishicha, audioyozuvdagi ovoz haqiqatan ham uning ovozi, suhbatdoshi esa Qamashi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirligini vaqtincha bajaruvchi Javohir Xo‘jamberdiyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Xodimimga haqiqatan ham Kamola ismli jurnalistga axborot bermaslikni tayinladim. O‘sha jurnalist yana viloyatga keladigan bo‘lsa, yana kiritmaslik xususida topshiriq beraman, — deydi boshqarma boshlig‘i Asror Alimardonov. — Boisi Kamola Shermatova ismli jurnalist yaqinda menga SMS yozib, u bilan kelishib ishlashimni, gaplashib olish uchun u davolanayotgan Jizzaxdagi shifoxonalardan birining virusologiya bo‘limiga borishimni aytdi. Kamola Shermatova avval ham viloyatimizga kelgan va jurnalistga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari bilan bizni hayratlantirgan. Qarshi shahridagi “Erkatoy” bog‘chasida bo‘lib, bolalar ko‘z o‘ngida tamaki chekkan. Koson tumanidagi bog‘cha mudiralarini qo‘rqitib, pul talab qilgan. Ko‘pchilik mudiralardan pul ham olgan. Bunga yetarli darajada isbotim bor, albatta. Agar mutasaddi tashkilotlar qiziqsa, taqdim etishim mumkin.

    Asror Alimardonov iqrorlariga ko‘ra, o‘zini muxbir sifatida tanishtirayotgan Kamola Shermatova doimiy ravishda uni haqorat qilib kelgan, sha’nini tahqirlovchi SMS xabarlar yozib, u bilan kelishishi lozimligini, yo‘qsa unga qarshi ishlashda davom etishini bildirgan.

    Skrinshot: “Daryo”

    Skrinshot: “Daryo”

    — Menga boshqa viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ini misol qilib keltirib, u bilan kelishib ishlayotganini, shuning uchun ham har bir ishda unga ko‘maklashayotganligini, qolaversa, viloyatimizdagi hokimlardan biri bilan ham ko‘p yillik qadrdon ekanligini yozib, ular kabi kelishishimni so‘raydi. Har doim ko‘rishib gaplashishni, aytgan manziliga borishim lozimligini yozadi. Yaqinda ham Jizzaxdagi shifoxonada davolanayotganligini yozib, o‘sha yerga borishimni so‘radi.

    Alimardonov so‘zining isboti sifatida taqdim etgan SMS xabarnomalar skrinshotidan ma’lum bo‘lishicha, 15-02 raqamli telefon egasidan kelgan xabarda “Jizzaxda virusologiyadaman, sho‘tga keling” degan xabar bor.

    Skrinshot: “Daryo”

    Skrinshot: “Daryo”

    15 02 raqami Kamola Shermatovaga tegishlimi yoki yo‘qmi, buni tekshirib ko‘rish maqsadida jurnalist bilan bog‘landik va ushbu SMS xabarlarni u jo‘natgan-jo‘natmagani bilan ham qiziqdik.

    “Daryo” muxbiri bilan aynan shu raqam orqali muloqotga kirishgan Kamola Shermatova dastavval muxbirdan bu muammoni o‘rganish uchun rasmiy xat so‘radi. Muxbir shu raqamdan boshqarma boshlig‘iga yuborilgan “SMS xabarnomalarni Siz yozganmisiz yoki yo‘qmi, shunga oydinlik kiritmoqchiman” degach, Shermatova haqiqatan ham boshqarma boshlig‘iga xabarnomalar yuborganini, ammo haqorat qilmaganini aytdi. Jurnalist Shermatovaning aytishicha, boshqarma boshlig‘i unga muntazam ravishda pul taklif qilib kelgan.

    Kamola Shermatova tomonidan taqdim etilgan SMS xabarnomalar skrinshotida Asror Alimardonov haqiqatan ham Shermatovani Qarshiga taklif qilgan.

    Skrinshot: “Daryo”

    Skrinshot: “Daryo”

    Boshqarma boshlig‘i Asror Alimardonov “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida Kamola Shermatova boshqarma tarkibidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga keladigan bo‘lsa, yana shunday topshiriq berishini aytmoqda.

    “Daryo” muxbiri boshqarma mas’ullari bilan suhbati davomida “Bong.uz” jurnalisti ko‘targan margarinlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

    Boshqarmada sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan Zemfira Qurbonovaning ta’kidlashicha, haqiqatan ham bog‘cha bolalariga tabiiy, sigir sutidan tayyorlangan sariyog‘ berilishi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qamashi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan Javohir Xo‘jamberdiyev imzosi bilan boshqarma boshlig‘iga joriy yilning 23-avgust kuni taqdim etilgan ma’lumotnomada keltirilishicha, tumandagi bog‘chalarga berilayotgan mahsulot margarin emas, sariyog‘ ekanligi aytilib, tarkibida o‘simlik yog‘i borligi, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tomonidan iste’molga yaroqli ekanligi haqida ma’lumot berilgani yoziladi.

    Javohir Xo‘jamberdiyevning boshqarmaga ma’lum qilishicha, 2019- yilning iyul oyida tumandagi MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida bo‘lim “Tura Uralovich invest” MChJ bilan №1-sonli 14 million 801 ming so‘mlik shartnoma imzolangan. Shartnomaga asosan, 41 000 so‘mdan 361 kilo sariyog‘ mahsuloti yetkazib berilgan. Unga ko‘ra, oldindan shartnoma tuzish uchun asos bo‘ladigan birlamchi hujjatlar, ya’ni tijorat taklifi, guvohnoma, muvofiqlik sertifikatlari taqdim etilgan. Undan tashqari, Youth Empire MChJ bilan ham №12/19-sonli 6 million 560 ming so‘mlik shartnoma imzolangan. Shartnomaga asosan, 41 ming so‘mdan 160 kilo sariyog‘ yetkazib berilgan. Mazkur tashkilotdan ham shartnoma tuzish uchun asos bo‘ladigan birlamchi hujjatlar — tijorat taklifi, guvohnoma, muvofiqlik sertifikatlari taqdim etilgan.

    Qamashi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Javohir Xo‘jamberdiyevning yozishicha, hammasi qonuniy va risoladagidek.

    Ammo boshqarmaning sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Zemfira Qurbonova boshqacha fikrda. Zemfira Qurbonovaga ko‘ra, har oyning boshida viloyat hokimi o‘rinbosari bog‘cha bolalariga berilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va ularning narxlarini tasdiqlaydi. Mazkur tasdiqqa muvofiq bog‘cha bolalariga tabiiy, sigir sutidan tayyorlangan 82,5 foizli sariyog‘ berilishi kerak. Va o‘sha sariyog‘ narxi 41 ming so‘m qilib tasdiqlangan.

    Qamashidagi bog‘cha bolalariga berilgan tarkibida o‘simlik yog‘i bo‘lgan sariyog‘ tasdiqlangan ro‘yxatda 30 ming so‘m qilib belgilangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Boshqarma mutasaddilarining aytishicha, mazkur holatda shartnoma tuzishda narx borasida g‘irrom qilingan.

    Boshqarma bosh hisobchisi Shokir Erolovning tushuntirishicha, bog‘chaga mahsulot bo‘lim tarkibida tuzilgan 5 yoki 7 kishidan iborat tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra olib kiriladi. Tumandagi bog‘chalarga mahsulot olib kirish masalasiga maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’ullari umuman aralashmaydi. Tadbirkor o‘z mahsulotini tavsiya qilgach, tanlov hay’ati buni o‘rganib chiqadi. Tanlov hay’atiga taqdim etilgan tijorat taklifi, guvohnoma, muvofiqlik sertifikatlari shartnoma tuzishga asos bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tartib-tamoyilga ko‘ra tanlov komissiyasiga bo‘lim mudiri raislik qilishi kerak ekan. Ammo Qamashida bu tartib buzilgan. “Tura Uralovich invest” MChJ mahsulotlarini ko‘rib chiquvchi tanlov komissiyasida J.Mahmadaliyev raisligi ko‘rsatiladi.

    Boshqarama mas’ullari bu holatni J. Mahmadaliyev o‘sha paytda bo‘limda vaqtincha mudir vazifasini bajarganligi bilan izohlashmoqda.

    Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruz Jabborovning ma’lumot berishicha, MTT rahbari va hamshirasi mahsulot talabga javob bermasa, bu haqda bo‘limga e’tiroz bildirishga, mahsulotni olishni rad etishga haqli. Qolaversa, bo‘lim har oy bog‘cha rahbariyati buyurtmasiga ko‘ra, mahsulot buyurtiradi.

    — Qamashi tumanidagi bog‘cha mas’ullaridan shu paytga qadar biror marta ham mahsulot talabga javob bermasligi yoki buyurtma qilingan mahsulot berilmayotgani haqida e’tiroz kelib tushmagan, — deydi Zemfira Qurbonova. — Agar bog‘chalarda shunday holat bo‘lganda, biz xabar topardik.

    Biroq Qamashi tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari ushbu masala yuzasidan nafaqat bo‘lim, boshqarmaga ham takror-takror ma’lum qilganligini aytmoqda.

    Mazkur holatda boshqarma mas’ullari o‘zlarini oqlashga urinishi tayin, albatta. Ammo tartib-tamoyil ular aytgandek bo‘lishi ham mumkin. Biroq har qanday holatda ham boshqarma boshlig‘ining o‘z xodimiga jurnalistga axborot bermasligi haqida topshiriq berishi, haydashga va ta’magirlik qilishga chorlab, ovozini yozib olishga undashini oqlab bo‘lmaydi. Demak, bu holatga faqat mas’ullar aniqlik kiritishi mumkin.

    21.09.2019, 12:16   Izoh (0)   26790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada kredit qarzini vaqtida to‘lamagan opa o‘z singlisini uydan mahrum qildi

    21.09.2019, 11:59

    “Poytaxt sharoitining ma’qulligi uchun kelishmoqda”: Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkentdagi ayollar “mardikor” bozoridagi vaziyatni o‘rgandi

    21.09.2019, 11:27

    Ochlik e’lon qilgan buxorolik tadbirkorning o‘g‘li va singlisi ma’muriy qamoqqa olindi. Xotini va jiyanlariga jarima belgilandi

    21.09.2019, 11:11

    Parkentdagi “Fizika-Quyosh” instituti buzilishi va ko‘chirilishi rejalashtirilmagani ma’lum qilindi

    21.09.2019, 10:55

    Endilikda oilaviy tadbirlarda ikki nafardan ortiq xonandaning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi

    21.09.2019, 10:39

    “Yallama” postidagi jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan fuqarolarning aloqaga chiqishi so‘raldi

    21.09.2019, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.