Shahrisabz shahri 27—28-sentabr kunlari xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan xalqaro biznes-forumga mezbonlik qiladi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xalqaro biznes-forumda Rossiya, Belarus, Polsha, Chexiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Bolgariya, Turkiya va Qozog‘iston davlatlarining ishbilarmon doiralari vakillari hamda bir qator davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ikki kun davom etadigan biznes forum yakunida shartnomalar imzolanib, innovatsiyalar samaradorligini kengaytirish va oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)