• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi qonun jamiyat uchun kerakmi?

    Davlat xizmatlari agentligi FHDYo organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i X.Nasimov yangi “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi oddiy fuqarolarga nima berishini batafsil tushuntirib berdi.

    Foto: “Hotwed.com.ua”

    Foto: “Hotwed.com.ua”

    Mamlakatning asosiy qonun chiqaruvchi organi — Oliy Majlisda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi yangi qonun loyihasining ahamiyati va zarurligi haqida munozaralar davom etmoqda. Yaqinda uning birinchi o‘qishi bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida qonun loyihasi berilgan takliflar asosida ko‘rib chiqilib, takomillashtirilmoqda.

    Asos bormi?

    Har yili Hukumat bilan birgalikda faoliyatning deyarli barcha sohalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlanadi. Tushunib turganingizdek, u yoki bu yo‘nalishda islohotlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda mazkur o‘zgarishlarni joriy etishga imkon beradigan normativ-huquqiy baza zarur.

    Bugungi kunda, deyarli barcha sohalar jadal sur’atlar bilan isloh qilinib, takomillashtirilmoqda, shu jumladan FHDYo sohasida ham — ya’ni, tug‘ilish, o‘lim, nikoh hamda ajralishni qayd etish va boshqalar, bunday jarayonlardan chetda qolayotgani yo‘q albatta.

    Shunday qilib, FHDYo sohasini isloh qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining Farmoni bilan rejalashtirilgan edi.

    Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

    Yagona Qonun nima uchun kerak?

    Bugun fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bir qator hujjatlar — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan yoki tan olingan xalqaro shartnomalar va kelishuvlar normalariga muvofiq amalga oshiriladi.

    Ushbu hujjatlarning har biri faqat ushbu sohadagi muayyan jarayon uchun vakolatga ega. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining VII bo‘limida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning umumiy qoidalari, tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik, o‘limni qayd etish, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi, shuningdek dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish, qo‘shimcha kiritish hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklash va bekor qilish tartibi nazarda tutilgan.

    Biroq, bugungi kunda alohida maxsus Qonun bilan FHDYo organlarining huquqiy maqomi va vakolatlari, javobgarlik masalalari belgilanmagan. Bu esa ushbu tizim izchilligini ta’minlab beradigan, normalarni qonun darajasida mustahkamlaydigan alohida qonun hujjatini qabul qilishni taqozo etmoqda.

    Xorijiy tajriba nima demoqda?

    Fuqarolik kodeksi qabul qilingan mamlakatlarda (masalan, Italiya, GFR, Shveysariya, Fransiya) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga solish manbai sifatida fuqarolik kodekslarining maxsus bo‘limlari xizmat qiladi.

    Sharqiy Yevropa mamlakatlarida (Vengriya, Polsha, Xorvatiya, Chexiya) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish asosan maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi.

    Umumiy huquq mamlakatlarida fuqarolik holati dalolatnomalari haqida turkumlashtirilgan qonunchilik mavjud emas, ammo nikoh-oila munosabatlarining alohida masalalarini tartibga soluvchi ko‘plab qonunlar amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada “Tug‘ilganlik va o‘limni qayd etish to‘g‘risida” (“Births and Deaths Registration Act”) qonun qabul qilingan.

    Bundan tashqari, fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risidagi maxsus qonunlar Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Estoniya, Armaniston va boshqa ko‘plab davlatlarda qabul qilingan.

    Fuqarolarga nima naf?

    Mazkur qonun loyihasi barcha FHDYo organlari xodimlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi javobgarligini belgilashga imkon beradi, shuningdek mazkur jarayonlar tartibini aniqlashtiradi.

    Bugungi kunda, FHDYo organlarining hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bir qator Nizom va qoidalar bilan tartibga solingan. Mavjud qoidalarni to‘liq tushunish uchun mazkur hujjatlarni o‘rganish talab etiladi. Bunda, huquqiy tartibga solish tizimi haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish va hujjatlarni taqqoslash uchun maxsus huquqiy ko‘nikmalar talab etiladi.

    Qayd etilgan Qonunning qabul qilinishi bilan me’yoriy tartibga solish ancha soddalashtiriladi. Mazkur qonun loyihasi ushbu sohani tartibga soluvchi barcha asosiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Fuqarolar endi turli xil hujjatlarni o‘rganishlari shart bo‘lmaydi. Ya’ni, ushbu sohadagi huquq va majburiyatlaringizni bilish ancha osonlashadi.

    Ushbu qonun loyihasining yana bir afzalligi shundaki, qabul qilinganidan so‘ng, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani chet elda olgan fuqarolarimiz FHDYo organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi muhrli guvohnomalarini olishlari mumkin bo‘ladi.

    21.09.2019, 16:06   Izoh (0)   12524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Otabek Umarov qizining tug‘ilgan kun tilagi o‘ziga saboq bo‘lgani haqida yozdi

    21.09.2019, 15:05

    Qashqadaryoda 29 yashar ayolni o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazishda ayblanayotganlar ustidan sud ishi boshlandi

    21.09.2019, 14:18

    Andijondagi maktablarning birida o‘quvchi qiz uchinchi qavat derazasidan tushib ketdi

    21.09.2019, 14:02

    Toshkentda sotayotgan Cobalt’i uchun zakalat olib, so‘ng uni sotish fikridan qaytgan erkak endi firibgarlikda gumon qilinmoqda

    21.09.2019, 13:46

    Toshkentda firibgar 15 ta Lacetti va 1 Malibu olib beraman deb, bir ayolning 203 ming dollar pulini “uxlatib ketdi”

    21.09.2019, 12:48

    “Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan ayolni qanday qilib bog‘chaga kiritaman?” Qashqadaryoning bosh tarbiyachisi jurnalistga qo‘yilgan taqiqni izohlad...

    21.09.2019, 12:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.