O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining 20-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan majlisida 2019-yil 22-dekabrni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilandi.
“Saylov kampaniyasi 20-sentabrdan boshlanishi e’lon qilindi”, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi onlayn”. Majlisda, shuningdek, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan.
Qayd etishlaricha, joriy saylovlarda 20 milliondan ortiq saylovchi — shulardan 2 millondan ziyod yoshlar ilk bor — ovoz beradi.
Izoh (0)