Moskva shahridagi kinomatografchilar uyida 1—5-oktabr kunlari “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.

Foto: Telegram / “O‘zbekkino”

Tadbir Rossiya madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O‘zbekkino”, “Fest Cinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul bo‘ladi.

“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ancha yillar oldin boshlangan. Bugungi kunga kelib ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar va do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san’at sohasida hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Haftalik davomida 14 ta o‘zbek filmi, jumladan, 4 ta hujjatli film namoyish etiladi.

Foto: Telegram / “O‘zbekkino”