Atom elektr stansiyasi (AES) uchun uzoq muddatli uskunalarni ishlab chiqarish tajribasini o‘rganish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun “O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi “Silovie mashini” AJK ishlab chiqarish obyektlarida bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida delegatsiya gidravlik, issiqlik va atom elektr stansiyalari uchun turbinalar ishlab chiqaruvchi Leningrad metall zavodida, Yaponiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan, bugungi kunda energiya mashina qurilishi sohasida ilg‘or kompleks ta’minotchi bo‘lgan transformatorlar ishlab chiqaruvchi korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Zavodning asosiy mahsuloti 110–750 kV quvvati 25 MVA dan ortiq bo‘lgan, jumladan uch fazali kuchlanish transformatorlaridir.
Tanishuv jarayonida “Silovie mashini” AJK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ular sotuvga chiqariladigan ham Rossiyadagi ichki bozor, ham yaqin va uzoq xorij mamlakatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Izoh (0)