Bosh vazir Abdulla Aripov 18-sentabr, chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatida ochilgan yangi 8 ta neft konini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, bosh vazirning viloyatga tashrifidan maqsad — yangi ochilgan neft konlarini ko‘zdan kechirish va undan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish haqida ko‘rsatmalar berishdan iborat bo‘lgan.
Abdulla Aripov viloyatning Muborak, G‘uzor va Nishon tumanlarida bo‘lgan.
Avvalroq Muborak investitsiya blokida yangi neft va gaz kondensati koni ochilgani, hamda yangi konga “Bahoriston” nomi berilgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga doir: Qashqadaryoning Muborak tumanida yangi neft koni topildi
Izoh (0)