Prodyuser Timur Bekmambetov Snapchat platformasi uchun serial ishladi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: YouTube

“Dead of Night” seriali vertikal formatda suratga olingan. U xuddi shu nom ostidagi kitob asosida ishlangan hamda zombi—apokalipsisga tushib qolgan qiz haqida hikoya qiladi. Serial 4—5 daqiqa davom etadigan o‘nta qismdan iborat. Uning birinchi qismi premyerasi 16-sentabr, dushanba kuni o‘tkazildi.

Rossiyaning Snapchat platformasida hozircha serialni ko‘rish imkoni yo‘q. “Dead of Night”ni boshqa platformalar orqali translyatsiya qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.