• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kuyov-navkar 40 kishidan oshmasin. Faqat surnay mumkin, karnay — yo‘q”. Toshkentda to‘y marosimlarni tartibga solish bo‘yicha 100 yil avvalgi qaror

    O‘zbekiston parlamenti — Oliy Majlis palatalarining 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishida mamlakatda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda to‘y-hashamlarni tartibga solish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilindi

    Qaror bilan 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan ayrim bilan cheklovlar nazarda tutilgan. Xususan, oilaviy tadbirkorlar 23:00 dan kechikib ketmasligi kerak; Kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda mashinalar soni uchtadan oshmasligi kerak; “chorlari”, “quda chaqirdi”, “tog‘ora yuborish”, “kelin navkari” kabi rasm-rusumlar taqiqlanadi.

    Parlament qabul qilgan qaror talablariga rioya etilishi ustidan ichki ishlar organlari nazorat o‘rnatishi kutilmoqda — talablarni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi, deyilgan. Qiziq tomoni, O‘zbekistonda to‘y-marosimlarni tartibga solish, ayrim qo‘shimcha rasm-rusumlarni cheklash, taqiqlash choralari birinchi marta ko‘rilayotgani yo‘q.

    Bundan 102 yil avval o‘sha vaqtda jamiyat hayotiga yetarlicha kuchli ta’sir ko‘rsata olgan “Sho‘roi Islom” ijtimoiy-siyosiy tashkiloti tomonidan ham to‘y-marosimlardagi bid’atlarni yo‘qotish, isrofgarchiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha qarornoma qabul qilingan edi.

    Oradan bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tib nimalar o‘zgargani (va o‘zgarmagani) haqida “Sho‘roi Islom”ning qarornomasini o‘qib, xulosa qilish mumkin.

    “Sho‘royi islom” qarornomasi (“Najot” gazetasining 1917-yil 27-aprel sonida e’lon qilingan)

    Muhtaram musulmonlar!

    Hozirg‘i qiymatchilik va oziqsizlik shul qadar qo‘rqinchiluq darajaga bordiki, ko‘p oilalar, faqir va bechoralar pulga ham ozuq topolmasdan, ko‘chaba-ko‘cha sargardon bo‘lib, necha kunlargacha och turmoqqa majburiyat ko‘rurlar. Hozirda davom etub turg‘on daxshatliq urush, bu yilg‘i suvsizliq va chogirdka balolari bu holni minba’d yana qo‘rqinchliroq darajag‘a olib boradirg‘ong‘a o‘xshab ko‘rinadur. Turkiston musulmonlarining s’ezdi mana shu holni e’tiborg‘a olinmak oramizda bo‘lub turg‘on ba’zi bid’at va isrofot ishlarini, chunonchi, to‘y, ma’raka, gap, bazm, yalochi, qozoqlar orasidagi uloq, poyga va janoza bo‘ladurg‘on isrofotni bilkulliya barham bermoqg‘a qaror berdi.

    “Sho‘royi islomiya”ning 12-aprelda voqe’ umumiy majlisida Toshkandning qozilari va ulamolari ham bu ishning aksarini shariatga xilof topdilar va o‘z oralarindan bir komissiya saylab, to‘y va ma’rakalarini shul komissiyalarg‘a topshurdilar.

    Birinchi. Janoza kuni imom va ulamolarg‘a yirtish va choponlar ulashmoq, qarindosh-urug‘larg‘a qora kiyimliklardek nimarsalar bermoq, yug‘uchi va otunlarg‘a ijroyi xizmatlaridan ziyoda har xil kiyimlar bermoq, otunlar kelib tovush chiqorib o‘qimoq, sadr qilmoq, xotunlarg‘a ulashiladig‘on yetti, gul, qovoq oshi, qor yog‘di, laylak keldi, qovun-tarvuz, yigirma, qirq, hayit, fotiha va yil oshidek xalqa osh beriladurg‘on isrofdir; qozoqlar orasidagi yil oshi, poygalar va ahli kasabalar tarafidan arvoh, pari ismi bilan beralidurg‘on osh va ziyofatlarni yo‘q qilindi va bular badalig‘a janoza kuni davlatlik kishilar ulamo-imomlarg‘a pul berish, xayrot qilmoqlari ham yuqorida mazkur ma’raka kunlarida mahalladan uch-to‘rt kishi chaqirib, xatmi Qur’on qildirmoqlari mumkindir.

    Ikkinchi. Qiz to‘ylarida sovchigarchilik, patir, kichik to‘y, qozon qaytarish, katta to‘y, bazm va kecha isroflari va yuz ko‘rar, hayitlarda mol yoyib, kelin ko‘rmoq, qiz oshi bermoq va nikoh kunlarida yalochilar o‘ynamoq, yor-yor aytmoq, xotunlarning har birig‘a alohida non va oshlar tortmoq, “to‘qqiz-to‘qqiz”, sandug‘larda churib ketadurg‘on gulko‘rpa, falak, ko‘rpalardek foydasiz mollar, ko‘chalardin miyoncha ko‘tarib yoki aroba va tuyalarga g‘alla va boshqa xil narsalar ortib to‘y yubormoq, qozoqlardagi qalin olmoq va shunga o‘xshash isrofot va bid’atlar bilkulliya mamnu’dir. Bunlar o‘rnig‘a kelin va kuyov taraflari kiyim va zaruriyat uy asboblari to‘g‘risinda pul ila bitishsunlar, ham nikoh kuni kuyov o‘zi oshnalari va mahalla kishilari birlan bekarnay, faqat surnay bilan borub, nikoh qilurlar va kelin taraf o‘z qarindoshlari birlan kelinni olib borurlar. Faqat kuyov ila boradurg‘on kishilarning yigirma- qirq kishidan oshmasligi lozimdur. Chorlari ham martaba kuni bo‘lib, kuyov ila birga boradurg‘on kishilardin kelin ila boradurg‘on xotunlar ham o‘n kishidan ortuq bo‘lmasun. Chorlari faqat taom yemoq uchungina bo‘lib, tugib olib ketmoqlari va yana beshik to‘yi, chillagarizonlar butunlay yo‘qolib bitsunlar.

    Uchinchi. O‘g‘il to‘yida atrofdagi mahallalardan odamlar chaqirub, osh bermoq, uloq bermoq, xotun oshi bermoq, xatna qilinadurg‘on bolalarga nasha va ham ko‘chaba-ko‘cha sargardon qilib, oqcha yig‘moq va shunlarg‘a o‘xshag‘on isroflar bilkulliya mamnu’dir. Faqat davlatlik kishilar ulamo va imomlarni chaqirub, kichikroq bir mavlud majlisi yasab va faqir kishilar mahalladan uch-to‘rt kishinigiga chaqirub, o‘g‘illarini xatna qildirurlar.

    “Sho‘royi islomiya” davlatlik kishilardin iltimos qiladurki, mavlud majlisini ham ko‘b katta yubormasdan, mumkin qadar qasdi rioya qilsalar (tejab sarf qilsalar) ham to‘yda… pul va g‘alla sarfi mahallaridag‘i och va yalang‘och, beva-bechoralarg‘a, maktab va madrasa va “Jamiyati xayriya”larg‘a bersalar.

    Ushbu tartibg‘a muxolifat qilg‘on kishilarning ma’raka va to‘ylari to‘xtamli va aybnoma (protokol) yozub, qozilarg‘a topshurmoq va shahar boshluqlarig‘a havola qilinadi. Bunday kishilarg‘a ittifoqi musliminni bu kim omilini va shar’an harom bo‘lg‘on isrofgarchilig‘ini belgi uchun muhtaram qozilar shariatg‘a muvofiq qattig‘ jazog‘a mustahiq qiladurlar. Muhtaram mahalla imomlari va mahalla komitetlaridan iltimos qiladurki, ushbu e’lonnomani xalqqa tushuntirib, xalqni ushbu tartibdan chiqmasligiga targ‘ib va tashviq qilsalar edi. Chunki janobi Haq ta’oliy isrof qilg‘uvchilarni suymas.

    “Sho‘royi islom” raisi muovini: MunavvarqoriKomissiyalar: Mullo Said Ahrorxon mahzum, Mullo Murodxo‘ja eshon, Mullo Abdusa’me’ qori.

    Mavzuga doir: Lotinda yozilgan 1930-yilgi hujjat: O‘zbekiston poytaxtini Toshkentga ko‘chirish haqida

    17.09.2019, 09:08   Izoh (0)   46025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshi shahar hokimligi “Tadbirkor muammosi hal etildi”, demoqda. 4 yildan beri sarson tadbirkor esa muammo haligacha yechim topmaganidan nolimoqda

    17.09.2019, 08:07

    XDP O‘zbekistonda “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor”ni belgilash tashabbusi bilan chiqmoqda

    17.09.2019, 07:51

    O‘zbekiston fuqarolari pasportlarini eng ko‘p yo‘qotayotgan mamlakat nomi e‘lon qilindi

    17.09.2019, 07:27

    O‘zbekistonda necha nafar qiz 17 yoshgacha ona bo‘lgani hisoblab chiqildi

    16.09.2019, 23:43

    Harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Prezident qarori qabul qilindi

    16.09.2019, 23:28

    Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi

    16.09.2019, 23:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.