O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan festivalning ochilish marosimi Xiva shahridagi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zA

Festivalning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Polsha elchisi Petr Ivashkevich hamda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Geydar Aliyev nomli madaniyat markazi rahbari o‘rinbosari Zeynalov Polad Mansur o‘g‘li so‘zga chiqdi.

Foto: O‘zA

Tantanali ochilishidan so‘ng, barcha mehmonlar va ishtirokchilar “Ichan-qal’a”ning “Ota darvoza”sidan ichkariga tashrif buyurdi. Turli davlatlar nomlanishi bilan o‘tgan saf, respublikaning hududini namoyon etuvchi liboslardagi raqqosalari “Ichan-qal’a”da yurishi barchani lol qoldirdi. Ansambl jamoalarining chiqishlari sayyohlar va tomoshabinlarni raqsga chorlab, zavq bag‘ishladi.

Festivalda O‘zbekistonning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan kelgan san’atkorlar o‘z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etmoqda. Milliy raqs san’atini dunyoga targ‘ib qilish, mamlakatda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yilda ham puxta tayyorgarlik ko‘rildi. “Raqs sehri” xalqaro festivalida 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod mehmonlar va badiiy jamoalar ishtirok etmoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA