“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ITV telekanaliga intervyu berdi. Krishtianuga marhum otasi o‘g‘lidan faxrlanishini aytgan videoni qo‘yib berishdi, shundan keyin futbolchi ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
“Bu qadar jiddiy intervyu bo‘lishni kutmagan edim, albatta, yig‘layman deb o‘ylamagandim. Bu videoni hech qachon ko‘rmaganman. Buni qayerdan olganingizni ham bilmayman... Bular menda bo‘lishi kerak edi.
Men otamni yuz foiz bilmaganman. U ichkilikka ruju qo‘ygandi. U bilan hech qachon dildan suhbat qurmaganman. Bu juda qiyin”, — deydi Ronaldu.
Ronalduning otasi Joze Dinis Aveyro 52 yoshida jigar yetishmovchiligidan vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)