Yuqorichirchiq Majburiy ijro byurosi qarzdor korxonadan “Agro Alliance Group” xususiy korxona foydasiga qarzdorlik summasini undirib berdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan Yuqorichirchiq MIB tomonidan qarzdor korxonadan 1 milliard 82 million 382 ming so‘m “Agro Alliance Group” hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Izoh (0)