Misr poytaxti Qohiraning chekka qismida Zabbalin deb nom olgan shaharcha joylashgan. Shaharchada mahalliy aholi tomonidan axlat va chiqindilar yig‘ilib, saralanadi va qayta ishlanadi. U yerdagi chiqindi uyumlaridan “taraladigan” qo‘lansa hid sabab bu yerni tunda ko‘zlarni yumib topish mumkin. Zabbalinda politsiya yo‘q, aholi ichki qonun-qoidalariga amal qilib hayot kechiradi.
Zabbalinga borgan rossiyalik bloger Pyotr Loviginga ko‘ra, shaharchada yig‘ilgan chiqindilar tun-u kun saralanadi va qayta ishlanadi. Chiqindilar Qohiraning barcha burchaklaridan yig‘ib kelinadi. Zabbalin ko‘chalarida kalamush va cho‘chqalarni uchratish odatiy hol.
Bu yerda chiqindi biznesi oilaviy hisoblanib, bolalar 10-12 yoshidan boshlab kattalarga “musor”ni saralashga yordam beradi. Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi to‘rtta bosqichdan iborat: yig‘ish, tozalash, saralash va qayta ishlash uchun fabrikalarga yuborish. Erkaklar asosan metall va plastiklar bilan ishlaydi.
Izoh (0)