13-sentabr kuni hukumat yig‘ilishida chiqish qilgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘zining alabay itlariga bag‘ishlangan navbatdagi kitobi taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar beradi Fergana News.

Foto: Fergana News

Turkmaniston prezidenti alabay itlariga bag‘ishlab yozgan she’rini ham ushbu yig‘ilishda o‘qib bergan.

“U yillar, asrlar, vaqtlar aloqasini biladi — turkman alabayi.

Uning shuhrati yuqori, munosib qadrlangan —turkman alabayi.

Gilam ham, ot ham yuz yillar aro, ajdodlar merosi va vasiyati,

Muvaffaqiyatlar va g‘alaba ramzi— turkman alabayi”, — deyiladi she’rda.

Prezident yig‘ilish ishtirokchilaridan she’rga baho berishni so‘ragan. Uning she’ri yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan qarshi olingan.