• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ikki davlat orasidagi eng uzun chegaralar reytingi

    Dunyoda 200 dan oshiq mustaqil davlat bor. Ularning hududi xilma-xil: birining hududi Yer kurrasidagi quruqlikning 15 foizini tashkil etsa, yana birining hududi bor-yo‘g‘i 1 kvadrat kilometrga teng.

    Quyida ikki davlat o‘rtasidagi quruqlikdan o‘tgan eng uzun chegaralar reytingini taqdim etamiz.

    10. AQSh – Meksika, 3141 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Meksika ham quruqlikda bor-yo‘g‘i uchta davlat bilan chegaradosh: shimolda AQSh, janubda Beliz va Gvatemala davlatlari bilan.

    Meksikaning AQSh bilan chegarasi quruqlikdan o‘tgan eng uzun chegaralar reytingida 10-o‘rinda joylashgan. Ushbu chegarani qo‘riqlash AQSh uchun nihoyatda katta muammoga aylangan. Sababi, bu chegara nafaqat Markaziy va Janubiy Amerika, balki butun dunyodan AQShga noqonuniy muhojirlar kiradigan yo‘lak hisoblanadi. Shuningdek, AQSh va Kanadaga olib kiriladigan noqonuniy giyohvand moddalar yo‘laklari ham shu chegarada joylashgan. Bu chegarada noqonuniy muhojirlar va giyohvand moddalarni o‘tkazish uchun ko‘plab yer osti yo‘llari kovlangan. AQSh tomoni bu chegarani nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch kelgani uchun, Tramp prezident bo‘lib saylangandan so‘ng bu chegaraga balandligi 5 metrli devor qurish ishlari boshlab yuborildi.

    Ushbu chegaraning ikki tarafidagi AQSh va Meksika shahar va shaharchalarida jinoyatchilik juda yuqori.

    9. Xitoy – Hindiston, 3380 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hindiston ham dunyoda quruqlikdan o‘tgan chegaralar uzunligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi. Uning quruqlikdan o‘tgan chegarasining umumiy uzunligi 14 ming kilometrdan oshadi.

    Uning Xitoy bilan chegarasi asosan “dunyo tomi” bo‘lgan Himolay tog‘lari ustidan o‘tgan.

    8. Braziliya – Boliviya, 3 423 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Braziliya ham dunyoda quruqlikdan o‘tgan chegaralar uzunligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi. Uning quruqlikdan o‘tgan chegarasining umumiy uzunligi 15 ming kilometrga yetadi. Shundan 3 423 kilometri Boliviya hududi bilan chegaradosh.

    7. Rossiya – Mo‘g‘uliston, 3 543 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mo‘g‘uliston o‘zi bor yo‘g‘i ikkita davlat bilan chegradosh. Shimolda Rossiya, janubda esa Xitoy bilan. Ammo Mo‘g‘ulistonning ana shu ikkita davlat bilan bo‘lgan chegaralari ham dunyoda ikki davlat o‘rtasidan o‘tgan eng uzun chegaralar reytingida yuqori o‘rinlarda turadi.

    6. Rossiya – Xitoy, 3 645 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rossiya dunyoda quruqlikdan o‘tgan chegaralar bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinda turadi va uning quruqlikdan o‘tgan chegaralarining umumiy uzunligi 22 ming kilometrni tashkil etadi.

    Rossiyaning Qozog‘iston, Xitoy, Mug‘uliston bilan bo‘lgan chegraralari ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar reytingida yuqori o‘rinlarda turadi.

    5. Hindiston – Bangladesh, 4 053 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hindiston ham quruqlikdan o‘tgan chegaralar uzunligi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarda turadi.

    Bu mamlakatning quruqlikdan o‘tgan chegaralarining umumiy uzunligi 14 103 kilometrni tashkil etadi.

    Bangladesh esa quruqlikda faqat ikkita davlat, Hindiston va Myanma bilan chegaradosh.

    4. Xitoy – Mo‘g‘uliston, 4 677 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xitoy quruqlikdan o‘tgan chegaralar bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Bu davlat quruqlikda jami 14 davlat bilan chegaradosh. Uning eng uzun chegarasi Mo‘g‘uliston bilan bo‘lgan chegarasi hisoblanadi.

    Mo‘g‘uliston esa bor-yo‘g‘i ikkita davlat bilan chegaradosh. Ulardan biri Xitoy, biri esa Rossiya.

    3. Argentina – Chili, 5 308 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Janubiy Amerika qit’asida joylashgan Argentina va Chili o‘rtasida chegara dunyoda ikki davlat o‘rtasida quruqlikdan o‘tgan chegaralar reytingida 3-o‘rinni egallaydi. Agar xaritaga qarasangiz Chili Janubiy Amerika qit’asida ingichka uzun bo‘lib shimoldan janubga qadar cho‘zilgan. Uning kengiligi o‘rtacha 175 kilometrni, uzunligi esa qariyb 6 500 kilometrni tashkil etadi. Ana shunday ingichka uzunlikda joylashgani tufayli Chilining quruqlikdagi hududining asosiy qismi Argentina bilan chegaradosh.

    2. Rossiya – Qozog‘iston, 7 598,8 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dunyoda quruqlikdan o‘tgan eng uzun chegaralar bo‘yicha AQSh – Kanada chegarasi 1-o‘rinda, Rossiya – Qozog‘iston chegarasi 2-o‘rinda tursa ham, quruqlikdan o‘tgan ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning yaxlitligi bo‘yicha Qozog‘iston – Rossiya chegarasi 1-o‘rinda turadi. Sababi, AQSh – Kanada chegarasi ikki qismdan iborat. Birinchi qismi Kanadaning AQSh bilan janubiy chegaralari bo‘lsa, ikkinchi qismi shimoliy qismida Alyaska bilan chegarasidir.

    Qozog‘iston dunyo okeaniga chiqmaydigan davlatlar orasida hududining kattaligi jihatdan 1-o‘rinda turadi.

    Qozog‘iston va Rossiya chegarasi hududida bu ikki mamlakatning biridan ikkinchisiga oqib o‘tadigan daryolar shunchalik ko‘pki, chegaraning 5 936,1 kilometri quruqlikdan, 1 516,7 kilometri daryolardan, 60 kilometri esa ko‘l ustidan o‘tadi.

    1. AQSh – Kanada, 8 893 kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dunyo xaritasidan bilamiz, Shimoliy Amerika qit’asini asosan ikki yirik davlat – AQSh va Kanada hududi egallaydi. Qit’aning o‘rtasidan uzun chegara o‘tadi. Shuningdek, qit’aning shimoliy qismida AQShning Alyaska shtati joylashgan va u yerda ham chegara bor.

    AQSh va Kanada o‘rtasidagi chegara ikki davlat o‘rtasidagi eng uzun chegara reytingida 1-o‘rinda bo‘lsa ham, ikki davlat o‘rtasidagi eng uzun uzluksiz chegara reytingida 1-o‘rinni Qozog‘iston va Rossiyaga bo‘shatib beradi. Sababi, AQSh va Kanada o‘rtasidan o‘tgan chegara uzluksiz emas, u uch qismga bo‘linadi. Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara esa turli daryolarni va xaritalarda ko‘rinmaydigan bitta kichkina ko‘lni aytmaganda yaxlit chegara hisoblanadi.

    Ushbu reytingda kuchli yigirmatalikda O‘zbekistonning ham chegarasi bor. 17-o‘rindan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara joy olgan – 2 203 kilometr.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘zbekiston dunyo okeaniga ikki davlat hududini oshib chiqishi lozim bo‘lgan dunyodagi ikki davlatdan biri. Yana biri – Lixtenshteyn.

    O‘zbekiston beshta davlat –  Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston bilan o‘zaro chegaradosh. Qozog‘iston bilan chegara ular orasida eng uzuni hisoblanadi.

    14.09.2019, 08:48   Izoh (0)   77848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Emomali Rahmon sifatsiz qurilgan uylar uchun qudasining kompaniyasini keskin tanqid qildi

    13.09.2019, 23:44

    Rossiyaning “Burevestnik” raketasi bilan o‘tkazilgan besh sinovning bari muvaffaqiyatsiz chiqqan

    13.09.2019, 22:31

    Do‘stum Afg‘onistonning shimolidagi “Tolibon”ni olti oy ichida mag‘lub etishni taklif qildi

    13.09.2019, 21:59

    Sloveniya prezidentidan Ukraina tufayli iste’foga chiqish talab qilindi

    13.09.2019, 19:37

    Turkmanistonning Toshhovuzida non sifati yomonlashdi, tuxum va parrandalar oziqasi qimmatlashdi

    13.09.2019, 17:31

    Sergey Lavrov Suriyada urush tugaganini ma’lum qildi

    13.09.2019, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.