UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik sobiq chempioni Dastin Porye amaldagi chempion Habib Nurmagomedovga minnatdorchilik bildirdi.
“Hamma narsa tasodifan yuz beradi. Bu mening sayohatim va u faqatgina o‘zimga xos. Habibga esa yana bir hayotning darsi uchun tashakkur bildiraman. Hech qanday oqlashlarsiz, hech qanday afsuslarsiz”, — deydi Porye.
Eslatib o‘tamiz, Habib—Porye jangi 7-sentabr kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tdi. Unda Habib raqibini bo‘g‘ish usuli yordamida 3-raundda mag‘lub etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)