Akmal Jumaboyev Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Ittifoq matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jumaboyev bungacha 2018-yildan buyon Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Avgust oyida Yoshlar Ittifoqining raisi o‘zgargani ma’lum bo‘lgan edi — Qahramon Quronboyev o‘rniga shu vaqtgacha uning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Alisher Sa’dullayev tashkilot rahbariga aylangan edi.
Izoh (0)