IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini uyushtirmoqda. Bu haqda IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Xususan, Namangan viloyati Chortoq tibbiyot kolleji hamda Toshkent viloyati akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda “Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas’uliyati” haqida so‘z yuritilgan.
Tadbir doirasida ‘‘Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzuida viktorina o‘tkazilgan. Yuqori o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirilgan.
Izoh (0)