• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Ekzosayyorada suv bug‘i aniqlandi. Buni hayot nishonasi deyish mumkinmi?

    “Xabbl” teleskopi faoliyatiga bag‘ishlangan “Spacetelescope.org” saytining xabar berishicha, mazkur teleskop kuzatuvlar tarixida birinchi marta o‘zga yulduz sistemasidagi ekzosayyora atmosferasida suv bug‘i mavjudligini aniqlagan. Bu haqda, shuningdek, NASA ham xabar berdi.

    Xo‘sh, bu o‘sha ekzosayyorada hayot nishonasi bor deyish uchun asos bo‘la oladimi? Afsuski yo‘q. Olis ekzosayyora atmosferasida suv bug‘i aniqlangani bu yerda tiriklik mavjudligiga yetarlicha dalolat qila olmaydi. Biroq ekzosayyoralar atmosferasida suv bug‘i aniqlanishi faktining o‘zi shuni anglatadiki, demak Yerdagi teleskoplarning hozirgi texnologik rivojlanganlik darajasi bilan biz hayot uchun yaroqli ekzosayyoralarni qidirib topa olamiz!

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    “Xabbl” teleskopidan olingan tasvirlarni tahlil qilish asnosida London universitet kolleji (UCL) olimlari K2-18b ekzosayyorasi atmosferasida suv bug‘i mavjudligini aniqlagani haqidagi xabarni birinchi bo‘lib Nature jurnalida e’lon qilishgan. K2-18b bizdan 111 yorug‘lik yili masofasida, Arslon yulduz turkumidagi qizil mitti yulduz sistemasida joylashgan ekzosayyora bo‘lib, massasi Yer massasidan sakkiz barobar katta ekani ma’lum. Shunga ko‘ra, uni “Yirik Yer” yoki “SuperYer” degan nom ostida keltirilgan maqolalarni ilmiy bo‘lmagan ayrim nashrlarda uchratib qolishingiz mumkin. K2-18b ekzosayyorasi o‘z yulduzini 33 kunda aylanib chiqadi. Uning atmosferasida, shuningdek, kam miqdorda bo‘lsa-da, geliy va vodorod gazlari ham aniqlangan.

    Ushbu ekzosayyora o‘z yulduziga nisbatan “yashash muhiti” deb nomlanadigan masofada joylashgani unda suvning suyuq holda bo‘lishini taqozo qiladigan omillardan biridir. Suyuq suv mavjudligi esa muayyan osmon jismida hayot yuzaga kelishi uchun eng asosiy shartlardan biri hisoblanadi. K2-18b’da suv bug‘i aniqlangani unda suv suyuq holatda mavjudligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishora hisoblanadi. Albatta, K2-18b’da hayot mavjud bo‘lishi ehtimolini boshqa ayrim omillar keskin pasaytirib yuborgan; biroq olingan natija, ya’ni ekzosayyorada suv bug‘ining mavjudligi boshqa bir fundamental masala yuzasidan savollarga oydinlik kiritishi kutilmoqda. Masala shundaki, hozirda bizga ma’lum osmon jismlari orasida faqat Yer sayyorasidagina suv suyuq holda mavjud bo‘lib, uning har uchala agregat holatida bo‘la olishi va tabiatda suvning aylanishi hodisasi boshqa sayyoralarda kuzatilmaydi. Shu jihatga ko‘ra butun koinotda Yer noyob sayyora bo‘lsa kerak degan fikr mavjud. Agar basharti K2-18b’da suv bug‘i aniqlangan ekan, demak Yerimiz bu jihatdan noyob sayyora bo‘lmasligi katta ehtimol.

    Eslatib o‘tamiz, K2-18b sayyorasi 2015-yilda Kepler teleskopining ikkinchi missiyasi davomida aniqlangan edi (shu sababli ham uning nomida K2 degan joyi bor). Olimlar uning 2016–2017-yillarga oid “Xabbl” orqali olingan tasvirlarini maxsus kompyuter dasturi vositasida filtrlab o‘rganib chiqqan. Tadqiqotchilar, shuningdek, ushbu sayyora atmosferasida yana metan va azot gazlari ham mavjudligiga ishora beruvchi belgilarga duch kelganini aytgan bo‘lsa-da, biroq bu hali isbotlanmagan fakt ekanini va bu borada keyingi tadqiqotlar aniqlik kiritishini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, bu va bu kabi sayyoralar borasidagi yangi va yanada aniqroq ma’lumotlarni yaqin yillarda koinotga chiqarilishi kutilayotgan kosmik teleskoplarning yangi avlodi, xususan, “Jeyms Uebb” teleskopi taqdim etishiga ham ishonch bildirilgan. Shuningdek, ekzosayyoralarni tadqiq qilishda 2028-yilda uchirilishi rejalashtirilgan ARIEL loyihasi ham katta turtki berishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, mingta Yerga o‘xshash ekzosayyora sinchiklab kuzatiladi.

    13.09.2019, 10:46   Izoh (0)   41715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindiston Oy yuzasiga qo‘nish chog‘i yo‘qolgan qurilmasini topdi

    09.09.2019, 08:40

    Hindiston o‘z kosmik apparatini Oyga qo‘ndira olmadi

    07.09.2019, 21:39

    Qora tuynukni suratga olganlar 3 mln dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

    06.09.2019, 10:14

    Yerga bir vaqtning o‘zida ikkita katta asteroid yaqinlashib kelmoqda

    28.08.2019, 07:18

    Hubble kosmik teleskopi minglab yulduzlar to‘plamini suratga oldi (foto)

    24.08.2019, 12:50

    Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi

    19.08.2019, 11:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25

    “Faoliyatim davomida hech qachon bahona qilmaganman”. Chalxono‘g‘lu – Lautaroning so‘zlariga javob berdi

    Sport | 1 iyul, 21:21

    Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan mutaxassislarga maktablarda tasviriy sanʼat fanidan dars o‘tishga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.