Toshkentda yer usti halqa metro yo‘lining rels qoplamasini silliqlash (obkatka) ishlari boshlandi. Bu haqda Telegram’dagi @kodnu kanalida xabar qoldirilgan, boshqa ommabop kanallarda sinov uchun tanlangan poyezdning ilk yurishidan videolar e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, sinov ishlari uchun 1991-yilda ishlab chiqarilgan, “Chilonzor” metro deposiga biriktirilgan, Toshkentdagi vagon ta’mirlash zavodida qayta tiklangan 81-717/714 raqamli harakatlanuvchi tarkib tanlangan.
Izoh (0)