Bosh prokuratura ommaviy sayyor qabullari o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Murojaatlar doirasida Navoiy viloyatida xususiy tadbirkorga tegishli MChJga sut va sutni qayta ishlovchi uskunalar uchun bankdan 1 milliard so‘m kredit mablag‘i olishga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Shuningdek, boshqa bir tadbirkorga tegishli MChJning loyiha hujjatlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion veb-portaliga joylashtirildi.
Bundan tashqari Bosh prokuratura Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi tadbirkorga non mahsulotlarini tayyorlash uskunasini sotib olish uchun bankdan 146 million so‘m kredit mablag‘i ajratishda ko‘maklashdi.
Izoh (0)