Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 13-sentabr, payshanba kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
GoSport’ning ma’lum qilishicha, boks oqshomida Ahmadaliyevga kolumbiyalik bokschi Vilner Soto (22 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 12 ta nokaut) raqiblik qiladi. 10 raundga mo‘ljallangan jang Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 13-sentabr kuni Murodjon Ahmadaliyev aslida WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun Daniel Romanga (27 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 10 ta nokaut) qarshi ringga chiqishi lozim edi. Ammo Roman jangga 10 kun qolganida o‘ng yelkasidan jarohat olgani sababli jang qilishdan bosh tortgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)