• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ota-onam bu kasb pul keltirishini bilishadi”. Counter-Strike bo‘yicha 1 mln dollarlik turnir finaliga chiqqan o‘zbek yigiti bilan intervyu

    8-sentabr kuni Germaniyada StarLadder Berlin Major 2019 turniri finali bo‘lib o‘tdi. Championat nashri mazkur turnirning finaliga qadar yetib borgan O‘zbekiston jamoasi a’zosi Sanjar Kuliyev bilan intervyu uyushtirdi.

    Foto: Championat

    Foto: Championat

    Kibersport olamida “Sanji” nomi bilan mashhur bu yigit — Sanjar Kuliyev. Garchi Sanjarning jamoasi finalda juda nomdor raqib — Daniyaning “Astralis” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, turnirdagi yorqin o‘yinlari bilan Counter-Strike ixlosmandlarida iliq taassurot qoldirdi. Final g‘olib jamoasi turnirdan 500 ming AQSh dollari bilan uyiga qaytdi. Sanjar ishtirok etadigan Qozog‘iston jamoasi esa 150 ming AQSh dollarli bo‘ldi.

    — So‘nggi turnirlardan keyin siz haqingizda ko‘p gapirila boshlandi. Biroq, afsuski, siz haqingizda ko‘p ma’lumotga ega emasmiz. Keling, oddiy savoldan boshlaymiz: Counter-Strike’ga qiziqishingiz qachon uyg‘ongan?

    — Hamma qatori, menimcha. Do‘stlarimiz bilan futbol, basketbol o‘ynaganmiz va bu o‘yinlardan biroz charchagan paytimizda DotA va Counter-Strike bo‘yicha bellashganmiz. Avvaliga unisiniyam, bunisiniyam o‘ynayverganman, keyinchalik aynan Counter-Strike meni o‘ziga ko‘proq jalb qilgan. Menimcha, unda individual faktorlar ko‘proq va unda o‘zingni ko‘rsatish, imkoniyatlaringni: tezkorlik, diqqatli bo‘lish, to‘g‘ri qaror qabul qilishni namoyish etish imkoni bor. DotA’da ko‘p narsa sening o‘zingga bog‘liq emas.

    — Va tezda kibersportga bor e’tibor qaratildimi?

    — Ha, albatta! Men 12—13 yoshimda O‘zbekiston chempioni bo‘lganman. Afsuski, o‘sha paytlarda sayohat qilish imkoni yo‘q edi, bu unchalik rivojlanmagandi. Texnik jihatdan ham hammasi ko‘ngildagidek emasdi.

    Foto: Championat

    Foto: Championat

    — O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlariga kasb sifatida qanday qaraladi?

    — To‘g‘ri qabul qilinadi. Do‘stlarim CS 1.6 vaqtidan o‘ynashadi va yirik turnirlarda qatnashishadi. Ota-onam esa bu kasb menga yoqishini va u pul keltirishini bilishadi.

    — Texnik muammolarni hal qilish uchun qiziq yo‘l tutgan ekansiz — yangi kompyuter olish uchun Koreyaga ishlashga borgansiz. Bu g‘oya qanday kelgandi?

    — To‘g‘risini aytsam, bu haqda gapirishni unchalik yoqtirmayman. Buni ajablanarli tomoniyam yo‘q. O‘shanda 18 yoshda edim. Koreyada yaqinlari bo‘lgan o‘zbekistonlik ko‘plab do‘stlarim shunday qilishgan. Bu qiyin emas. Men istalgan vaqtda Koreyadagi do‘stimga qo‘ng‘iroq qilishim mumkin edi, u yoqda onam yashardi. Shu sabab Koreyada o‘zimni suvdagi baliqdek his qilardim.

    Ota-onamdan pul so‘ramaslik uchun men ham kompyuterga, ham o‘zim uchun pul ishlab topdim. Chunki pul so‘rasam o‘zimni noqulay his qilardim. Ishlab topgan pulim hisobiga men bemalol uyda qolib o‘yinga ko‘proq vaqt ajratishim mumkin edi.

    — Bu karyera qilishingizga imkon berdimi?

    — Bungacha professional jamoalarda o‘ynamasdim. Birdaniga FaceIT professional ligasiga chiqishga harakat qildim. Bunga taxminan yarim yilcha vaqt ketdi. Yakunda vazifani uddalay oldim. Albatta, internet bilan bog‘liq muammolar hamon saqlanib qolgandi, biroq boshqa choram ham yo‘q edi. Nima qilib bo‘lsa-da, professional darajaga ko‘tarilishim zarur edi.

    Foto: Championat

    Foto: Championat

    — Liquipedia’da aytilishicha, siz CS:GOda FPLni 2000 soatda bosib o‘tgansiz. Shu to‘g‘rimi?

    — Bu CS 1.6’ni hisobga olmaganda, albatta. Bizning versiya Steam’siz edi, shuning uchun hech qanaqa statistika bo‘lmagan. Shunchaki o‘yin fizikasini tushunish lozim bo‘lgan. Umuman olganda, bu o‘sha o‘yin, faqat xaritalar boshqacha. Gap shundaki, men o‘sha 2000 soat ichida kelajakda nima qilishimni, nimalarga erishishni xohlashimni tushunib yetganman. Men shunchaki zavq olish yoki fanatlik uchun o‘ynamaganman, o‘yinni tushunish uchun mashq qilganman. Shunchaki o‘ynashni men shundoq ham istalgan paytda qilishim mumkin edi.

    — “Avangar”ga qanday kelib qolgansiz?

    — Murabbiy Dastan Akbayev va tashkilot bosh direktori Yengun Kim meni chaqirishdi. Lekin jamoaga qo‘shilish uchun emas, avvaliga sinovlardan o‘tish uchun. Oson bo‘lmasligini bilardim, bor imkoniyatimni ko‘rsatishim zarur edi. Hamon imkoniyatlarimni ko‘rsatishga va isbotlashga urinaman. Biz kamida TOP-10’ga kirishni xohlaymiz, buning uchun qattiq mehnat qilamiz. Ayniqsa, turnirlarda bizdan ko‘p narsa kutishlari katta bosim yuklaydi. Ko‘pchilik bizdan turnirda hech bo‘lmaganda TOP-2 ga kirishimizni kutishadi. Bu ishonchni oqlash uchun biz bir necha barobar qattiqroq ishlashimizga to‘g‘ri keladi.

    — Yaqinda yirik turnir finaliga chiqdingiz. Turnir oldidan hayajonda ekaningizni bildirgandingiz, chempionatda bu hayajonni yenga oldingizmi?

    — Hayajon har bir turnir oldidan bo‘ladi. Shunchaki u har xil qabul qilinadi. Men hanuzgacha o‘zimni qulay his qila olmayman. Misol uchun, menga sahnaga birinchi bo‘lib chiqishni so‘rashdi. Men esa: “Yo‘q, yo‘q, yo‘q!”. Men sahnani yoqtirmayman, ko‘proq sahna ortida bo‘lishni ma’qul ko‘raman. Men shunchaki o‘z ishini qiluvchi ijrochiman. Aslini olganda hanuzgacha katta natijalarga erishganimni to‘liq anglab yeta olganim yo‘q.

    Foto: Championat

    Foto: Championat

    — Kibersportchining yutug‘i uch jihatdan tashkil topadi: mahorat, mehnatsevarlik va omad. Nima deb o‘ylaysiz, sizning holatingizda qay biri birinchi o‘rinda turadi?

    — Menimcha, avvalo mahorat. Keyin omad va mehnatsevarlik, elikka ellik. Menga, masalan, “Syman Gaming” butkempiga borish omadi kulib boqqan. Biroq bu mehnatsevarligim natijasi ham bo‘lgan. Axir, men o‘ynaganman va FaceIT murabbiyi e’tiboriga tushganman. Bilmayman, bu sodir bo‘lmaganida hozir nima bo‘lardi. Bu endi umuman boshqa tarix.

    10.09.2019, 12:13   Izoh (0)   53288
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 9-sentabr kuni kamida to‘rtta mashina yonib ketdi

    10.09.2019, 11:58

    “Ichki ishlar organlari xodimlari – siz kabi inson”. Toshkent shahar IIBB internet tarmog‘ida tarqalgan norozilik videosiga munosabat bildirdi

    10.09.2019, 11:29

    Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkaziladi

    10.09.2019, 11:14

    O‘zbekiston 2019-yilda salkam 2 barobar ko‘p ipak qurti urig‘ini import qildi

    10.09.2019, 10:59

    Toshkentda sovuq suv o‘chirilishi boshlandi. To‘liq ro‘yxat

    10.09.2019, 10:45

    Angrendagi yirik YTH “Toshkent—Farg‘ona” yo‘lining yopilishiga sabab bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar

    10.09.2019, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.