• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Talafotlar tarixi. Tarixdagi 10 ta eng yirik to‘fon

    Shu kunlarda OAV Barbados yaqinida hosil bo‘lgan “Dorian” to‘foni haqida yozmoqda. Uning markazida shamol tezligi 285 kilometr/soatga yetayotgani va to‘fon shiddati bilan Bagama orollariga yopirilgani, katta vayronkorlikka sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Taassufki, bu hududda va ushbu mavsumda bu kabi kuchli po‘rtana va to‘fonlar odatiy hol bo‘lib, har yili 1-iyundan noyabr oxiriga qadar Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillariga Atlantika okeanidan kelib yopiriladigan to‘fon va quyunlar tahdid soladi.

    2005-yilda Katrina to‘foni mohiyatan Yangi Orleanni Yer yuzidan supurib tashlagan edi. Okean to‘lqinlari to‘g‘onlarni buzib o‘tib, juda katta hududni suv bosdi va millionlab odam boshpanasiz qoldi. 1 800 nafar odam halok bo‘lgandi o‘shanda.

    Biroq o‘sha Katrina to‘foni eng vayronkori bo‘lgan deyish ham qiyin. Tarixan ma’lumki, Karib havzasidagi mamlakatlar muttasil to‘fonlardan talafot ko‘rib kelgan. Bu borada XVIII asrda Karib orollariga yopirilgan mislsiz tornadodan boshlab 2012-yilgi Sendi to‘fonigacha bo‘lganlarini yodga olish mumkin.

    To‘fon – tropik uyurmali po‘rtana bo‘lib, undagi shamol tezligi 119 kilometr/soatdan ortadi. G‘arbiy Atlantika va Tinch okeanining sharqiy qismida uni quyun yoki tornado deb atashadi; Hind okeanida va Tinch okeanining janubiy qismida to‘fonni siklon deyishadi. Tinch okean g‘arbida esa bu ofat tayfun nomini olgan.

    Quyida insoniyatning yaqin o‘tmishida ro‘y bergan eng kuchli 10 ta to‘fon haqida so‘z boradi. Ular balki tarixan eng kuchli va eng halokatlisi bo‘lmasligi mumkin; biroq ularning barchasi tarixda o‘ziga xos iz qoldirgani tayin.

    10. Xarvi to‘foni – 2017-yil avgust

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xarvi to‘foni yo‘l-yo‘lakay kuch to‘plab, 2017-yil avgusti oxirida Meksika ko‘rfaziga yopirilgan. U AQSh kontinental hududiga yetib kelganida maksimal kuchga erishgandi. O‘shanda uning tezligi 215 kilometr/soatga yetgan va eng katta talafotni Xyuston shahri ko‘rgan. Xarvi naq to‘rt kun quturgan shamol bilan Xyustonga 127 santimetr yog‘in yog‘dirgan. 30 mingdan ortiq aholi boshpanasiz qolgan. Eng katta zararni Texas shtati ko‘rgan; bundan tashqari, Luiziana, Alabama va Tennesi shtatlariga ham katta ziyon yetgan. Xarvi to‘foni 82 odamning hayotiga zomin bo‘lgan. U keltirgan zarar 121 milliard dollar deb baholangan. Shunga ko‘ra, Xarvi to‘foni iqtisodiy zarar ko‘lami bo‘yicha Katrina to‘fonidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.

    9. Sendi to‘foni – 2012-yil oktabr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sendi avval Yamayka va Kuba sohillaridan anchayin sust to‘fon sifatida o‘tib borgan. Biroq u shimol tomon harakatlanib borib, oktabr o‘rtalarida Nyu-Jersi shtati va hatto Nyu-York va Kanada chegarasigacha yopirildi. U tufayli butun Karib havzasida 650 000 dan ziyod uy vayron bo‘ldi, 186 odam halok bo‘ldi, mamlakatlarga jami 65 milliard dollar miqdorida zarar keltirildi.

    8. Kamilla to‘foni – 1969-yil

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu to‘fon ham Meksika ko‘rfaziga yopirilgan va keyin AQShning kontinental qismiga yo‘l olgan. Kamilla 1900-yildan buyon Shimoliy Amerikaga yopirilgan 5-darajali uchta to‘fondan biridir.

    Kamilla to‘foni avvaliga 1969-yil avgustida Kayman orollari yaqinida paydo bo‘lgan; u Kuba osmonida paydo bo‘lganida allaqachon 3-darajali kuchga erishgandi. Keyinchalik u Missisipi yoqalab AQShning Virjiniya shtatigacha borib yetgan. Yo‘l-yo‘lakay o‘rtacha 51 santimetr yog‘in yog‘dirib o‘tgan. Kamilla to‘foni oqibatida 51 kishi halok bo‘lgan, 1,4 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rilgan.

    Aynan Kamilla to‘fonidan keyin hozirda foydalaniladigan Saffir-Simpson shkalasi ishlab chiqilgan.

    Eslatib o‘tamiz, to‘fon kuchi aynan shu shkala bo‘yicha baholanadi. Uning maqsadi odamlarga ularni qanday darajadagi xavf kutayotganini xabar qilib qo‘yishdan iboratdir.

    7. Gilbert to‘foni – 1988-yil

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yuqoridagi to‘fonlarda uning vahimasini bildiruvchi bir necha belgini keltirdik. Ya’ni, undagi shamol tezligi, yog‘in miqdori, halok bo‘lganlar soni va iqtisodiy zarar ko‘lami. To‘fon vahimasini bildiradigan yana bir belgi borki, u ham bo‘lsa uning o‘lchamlaridir. 1988-yilda Kabo-Verde yaqinida paydo bo‘lgan Gilbert to‘fonining o‘lchamlari 926 kilometr diametrga ega bo‘lgandi. Bu degani, to‘fon, masalan, Yamayka orolini butunlay qoplab olishi mumkin edi. Haqiqatan ham shunday bo‘lgan va o‘sha yilning sentabr oyida Yamayka davlati bus-butunicha Gilbert to‘foni iskanjasida qolgan. Buning oqibatida mamlakatdagi uylarning deyarli 80 foiz qismi vayron bo‘lgan. Keyin esa u biroz kuchsizlanib, Kayman orollari va Meksikaga yetib borgan.

    Gilbert jami 318 odamning hayotiga zomin bo‘lgan; ulardan 200 nafari Meksikadagi toshqinlar tufayli, 28 nafari esa dengizda qolib ketgan kemalarning to‘qnashuvi tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Umumiy iqtisodiy zarar 5,5 milliard dollarga yetgan.

    6. “Mehnatkashlar kuni” to‘foni, 1935-yil

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ushbu to‘fon ham eng yuqori – 5-darajaga ega bo‘lgan va u 320 kilometr/soat tezlik bilan AQSh qirg‘oqlariga kelib urilgan. Uning natijasida 400 dan ko‘proq odam halok bo‘gan. Zarar esa 6 milliard dollarga yetgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati qirg‘oqqa yaqin joyda avtostrada qurayotgan ishchilar bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi to‘fonning o‘zi tufayli emas, balki tibbiy yordam kechikkani sababli vafot etgan edi o‘shanda. Tibbiy yordam poyezd orqali jo‘natilgan va u jabrlanganlar oldigacha yetib bora olmagan. Sababi, uni ham to‘fonning o‘zi izdan chiqarib, shamol va toshqin relslarni qo‘porib tashlagan...

    5. Katrina to‘foni, 2005-yil avgust

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Katrina to‘fonidagi fojiani ko‘pchilik mutaxassislar inson omili bilan bog‘lashadi. Ya’ni, bunda zaruriy ehtiyot choralar ko‘rilmagani va aholi vaqtida ogohlantirilmagani tufayli shu darajada katta ko‘lamli fojia kelib chiqqan deyiladi.

    Chunki 26-avgustda hali Katrina ancha kuchsiz, sust shamol ko‘rinishida bo‘lgan, biroq u kuchayib ketmasligi va dovulga aylanmasligiga hech qanday kafolat yo‘q edi. Bu esa mutaxassislarni xushyor torttirishi lozim bo‘lgan. Biroq beparvolik juda xunuk oqibatlarga olib keldi. Katrina sanoqli daqiqalar ichida 5-darajali to‘fonga aylandi va 28-avgust kuni Yangi Orleanga yopirildi. U shahar osmonida paydo bo‘lganida allaqachon 3-darajagacha susaygan kuchga ega edi. Biroq shu holda ham u shaharning 80 foiz qismi suv ostida qolishiga sabab bo‘la olgan. Aholining ko‘pchiligi, ogohlantirishlarga qaramay, evakuatsiya qilinishiga rozi bo‘lmagan yoki evakuatsiya juda kechikib yetib kelgan. Shu sababli ham o‘shanda qurbon bo‘lganlarning 40 foizi to‘fonning o‘zi sababli emas, balki undan keyingi qolgan toshqin tufayli cho‘kib o‘lgan. Umumiy qurbonlar soni 1 833 kishini tashkil qilgan. 400 ming aholi boshpanasiz qolgan va o‘z uylariga qaytib kelmagan. Mazkur to‘fon AQSh yangi tarixidagi eng katta ko‘lamli tabiiy ofat bo‘lib, 161 milliard dollar miqdorda zarar keltirgan.

    4. Mariya to‘foni – 2017-yil sentabr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mariya to‘foni 2017-yil davomida sodir bo‘lgan 5-darajali to‘fonlardan ikkinchisi bo‘lgan. Undan atiga ikki hafta oldin Irma to‘foni vayronkor kuch bilan o‘z yo‘lidagi barcha narsani toptab o‘tgan edi. Mariya ham xuddi Irma o‘tgan yo‘llardan o‘tgan.

    2017-yilning 18-sentabr kuni Mariya to‘foni 281 kilometr/soat tezlikka ega kuchli shamol bilan Dominikan qirg‘oqlariga yetib kelgan. Keyin esa Meksika ko‘rfazi bo‘ylab harakatlanib, Gvadelupa va Virgin orollariga yopirilgan. 20-sentabrda esa u shiddatli po‘rtana bilan Puerto-Rikoga kirib kelgan va oroldagi deyarli barcha bino va inshootlarni vayron qilgan.

    O‘shanda rasmiy manbalar 146 fuqaro halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Lekin bu raqam unchalik ishonchli ko‘rinmagan. Xalqaro hamjamiyat va xayriya tashkilotlari orqali qayta aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Puerto-Rikoning o‘zida o‘shanda 2 975 kishi vafot etgan ekan.

    3. Galveston to‘foni – 1900-yil

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1900-yilda Meksika ko‘rfazi bo‘ylab quturgan Galveston to‘foni hayotdan olib ketgan odamlar soni 12 ming nafargacha deb baholanadi. Ushbu to‘fon avvaliga Florida qirg‘oqlarida shunchaki kuchli shamol tariqasida boshlanib, keyin birdaniga sanoqli lahzalarning o‘zida favqulodda katta kuch bilan Galveston shahri tomonga keskin burilgan. U yo‘l-yo‘lakay battar quturib, kuch to‘plab borgan. Galvestonda avvaldan favqulodda holat e’lon qilingan va odamlarda tayyorgarlik ko‘rish uchun nari-berisi bilan to‘rt kun vaqt bo‘lgan. To‘fon shaharga yopirilganda o‘zi bilan olti metr balandlikka ega to‘lqinlarni olib kelgan. Ko‘rilgan tayyorgarlik ham holva bo‘lib qolgan. U shaharga kirib borarkan, ataylab qurilgan to‘g‘on va dambalarni buzib, uylarni vayron qilib ketgan. O‘shanda, Galvestonda jami 3 600 ta uy vayron bo‘lgan. Galveston bu achchiq fojiadan xulosa chiqardi va shaharning o‘rtacha balandligi dengiz sathidan kamida besh metr qilib qayta tiklandi. Bundan tashqari, ular shaharni 16 kilometr uzunlikdagi to‘lqin qaytaruvchi devor bilan to‘sib oldi.

    2. Mitch to‘foni – 1998-yil oktabr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mitch to‘foni haqida OAV Katrina yoki Sendi to‘fonichalik jar solib vahima qilmagan. Vaholanki, Mitch to‘fonining vayronkorlik kuchi va yetkazgan talafotlari ulardan ham yomon bo‘lgan. Bu haqda unchalik keng yoritilmaganining boisi, Mitch – Qo‘shma Shtatlarga tahdid qilmagan va yaqinlashmagan ham...

    To‘fon 1998-yil oktabrida Gondurasga yopirilgan. U bir muddat xuddi to‘xtagandek ham ko‘ringan. Biroq aslida u nafas rostlayotgan ekan. Xuddi tingandek ko‘ringan to‘fon keyin birdan yana shiddatli tus olgan va naq ikki kun davomida Dominikan Respublikasini payhon qilib tashlagan. O‘shanda bir soatda 10 santimetr yog‘in yog‘ishi oqibatida kuchli toshqin yuzaga kelgandi. Toshqin va sel kelishi tufayli ko‘p joylarda ko‘chki va cho‘kish sodir bo‘lgan. Qurbonlar soni 11 mingdan ortgan. Yana minglab odamlar bedarak yo‘qolgan.

    1. 1780-yilgi Buyuk To‘fon

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tarixiy faktlarda 1780-yilda Karib havzasida kuzatilgan to‘fon “Buyuk To‘fon” deb qayd etiladi. O‘shanda jami 22 ming odam to‘fon natijasida qurbon bo‘lgani hisoblangan. Qurbonlarning ko‘pchiligi o‘sha paytda dengizda bo‘lgan Britaniya va Amerika harbiy kemalari matroslari bo‘lgan. Afsuski, to‘fon paytida shamol tezligi va yog‘in miqdori qanday bo‘lgani haqida ma’lumotlar mavjud emas (shunchaki u paytda bunday axborotning o‘zi bo‘lmagan). U haqda ma’lum narsa shuki, o‘shanda Buyuk To‘fon naq olti kun quturgan va Karib havzasidagi barcha katta va kichik orollarni qamrab olgan. Eng katta zararni Barbados, Martinika va Sent-Lyusiya orollari ko‘rgan. Agar guvohlarning xotiralaridan yozib olingan qaydlarga ishonadigan bo‘lsak, o‘sha to‘fon daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib olib uchirib ketgan ekan. Bilvosita belgilarga ko‘ra ekspertlar Buyuk To‘fon paytidagi shamol tezligi 320 kilometr/soat atrofida bo‘lgan bo‘lsa kerak deb baholagan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    08.09.2019, 08:52   Izoh (0)   112710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik biolog genomni tahrirlash tajribasida ishtirok etadigan ko‘ngillilarni topdi

    06.09.2019, 09:28

    Olimlar qadimgi odamning yuz ko‘rinishini tikladi

    29.08.2019, 10:50

    2020-yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi

    27.08.2019, 19:00

    Oks Iskandariyasi: Shahar Makedonskiy davrida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto+video)

    26.08.2019, 11:27

    AQSh olimlari suvdan sariyog‘ muqobilini yaratishdi

    23.08.2019, 13:51

    Rossiya birinchi marta fazoga “Fedor” robotini uchirdi

    22.08.2019, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.