Mo‘ynoq tumani hududida brakonyerlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilingani haqida xabar berilgan edi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Mo‘ynoq tumanida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berib, ularning uch nafari ushlangani, qolgan ikki nafari esa qidirilayotganini ma’lum qilgan edi.
Holat yuzasidan berilgan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro ham aniqlanib, tergovga jalb qilingan.
“Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi idora axborotida.
Izoh (0)