Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida yashovchi 27 yoshli F.J. 26-avgust kuni Vodiy ko‘chasida joylashgan “Rapqon” temiryo‘l bekati yonida rafiqasi R.A. bilan oilaviy nizo sabab janjallashgan.
IIVning xabar berishicha, janjal davomida er 28 yoshli xotinining qorin va yuz qismiga urib-tepib, unga jarohat yetkazgan. Natijada R.A. kasalxonaga yotqizilgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F.J. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)