Toshkent viloyatida “Qizilsoy” suv ombori qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun joylashtirilgan tegishli qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Bundan ko‘zda tutilgan maqsad viloyatning Parkent tumanida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yer maydonlari suv ta’minotini yanada yaxshilash ekanligi bildirilgan.
Suv ombori hajmi 15 million kub metr bo‘lib, loyihani amalga oshirish muddati 2022-yil 1-mart etib belgilangan.
Izoh (0)