“Yandeks.Taksi” va Crosby Studios me’moriy byurosi asoschisi Garri Nuriyev hamkorlikda kiyim-kechak kolleksiyasini tayyorladi.
Taqdimot 2019-yil 6—8-sentabr kunlari Cosmoscow zamonaviy san’at xalqaro yarmarkasida bo‘lib o‘tadi.
Kolleksiya servisning ramziy ranglari — kulrang-sariq bo‘yoqlarda yaratilgan. Undan shim, futbolka, yubka, shuningdek, kamar, taqinchoq, poyabzal va sumkalar o‘rin olgan.
Kolleksiyada harakat xavfsizligi mavzusiga urg‘u berilgan, xavfsizlik kamari esa asosiy elementga aylangan. Uni yaratish chog‘ida musavvir haqiqiy avtoyopqichlar, xavfsizlik kamarlari va avtomobil aptechkasidan foydalangan.
Izoh (0)