• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘iston sayohati: “Eng avvalo Nukusni va Savitskiy muzeyini tomosha qilamiz”

    31-avgust kuni, berilgan uch kunlik ta’tildan foydalanib, “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh sayohatga otlandi. Uning rejasi Qoraqalpog‘iston va Xorazmni ziyorat qilish edi. Quyida u Qoraqalpog‘iston safarining ayrim taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Men Qoraqalpog‘istonda 2016-yilda ham bo‘lgan edim, ammo To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan uyog‘iga o‘tmagandim. Endi esa Nukusdan o‘tib, Mo‘ynoqqacha borish va u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, kemalar qabristonini ko‘rishni maqsad qildik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu o‘rinda Qoraqalpog‘iston haqidagi ba’zi mulohazalarimni yozib ketsam. Esimni taniganimdan beri 2016-yilgacha, Qoraqalpog‘istonga ilk marta borgunimcha bu yurt haqida faqat negativ fikr eshitganman. “Hammayoq cho‘llanib ketyapti”, “Orolning qumi ko‘tarilyapti”, “Hammayoqni kasallik bosib ketgan”, “Cho‘llanishga qarshi choralar ko‘rilyapti”, “Odamlar og‘ir sharoitda yashayapti” kabi gaplar televideniyeda bot-bot gapirilar, OAVda tez-tez maqolalarda aytilar edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2016-yilda bu yurtga borganimda kechasi bilan yo‘l yurdik. Manzilga yetib borgunimizcha qorong‘uda hech narsa ko‘rinmadi. Ertalab tong otganidan keyin chiqib atrof bilan tanishdim. Qarasam, hammayoqda o‘rikzor va jiydazor bog‘lar, ekin ekilgan dalalar, “bu yerlarni juda vahima bilan ko‘rsatishar, yozishar edi, hammayoq bog‘-bo‘stonku!” deb hayron qolganman. O‘shanda Ellikqal’ada bir oy yashadim va Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Beruniy tumanlarining hamma joyini aylanib chiqdim. Paxta, g‘alla, sholi, kunjut ekilgan minglab gektar yerlarni, o‘rikzor, jiydazor bog‘larni ko‘rib, “bu yerlarning muammosi juda ham vahima qiladigan darajada emas”, degan o‘y xayolimdan o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu uch tuman ancha obodligini ko‘rib, “muammolar Nukus hamda undan naridagi shahar va tumanlarda bor shekilli”, deb ham o‘ylaganman. Ammo oxirgi safarim davomida Nukusdan o‘tib, Mo‘ynoqqacha borib keldim, endi ayta olamanki, Qoraqalpog‘iston gullab-yashnayapti. Yo‘q, umuman muammo yo‘q demayman. Muammo hamma joyda bor va, tabiiyki, bu mintaqa ham muammolardan xoli emas. Ammo muammolar televideniyeda ko‘rsatilganday, maqolalarda yozilganday darajada emas.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Masalan, menga Qoraqalpog‘iston shahar va ovullarida, dala-dashtlaridagi havo Toshkent va Samarqanddagi havodan toza tuyuldi. Endi bahorda yomg‘ir yog‘ib, havoni tozalab turgan vaqt bo‘lsa ham mayli edi. Biz kuzda, sentabr oyining boshida boryapmiz, bu yaqin orada yog‘ingarchilik bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, baribir havo ancha toza. Bu o‘lkaning bitta giyoh o‘smaydigan joylari ham bor. Lekin juda katta hududlar iste’molga yaroqsiz bo‘lsa ham, yer osti suvlari yaqinligi uchun kuzga kelib ham mintaqa ko‘m-ko‘k yashnab turibdi. Mo‘ynoq sari borar ekanmiz, juda katta hududlar daraxtlar, butalar bilan qoplangan va azbaroi ular sababli yuqorida yozganimday havo juda toza.

    Nukus haqida

    Qoraqalpog‘iston bo‘ylab sayohat qilar ekanmiz, eng birinchi Nukusga bordik. Safar davomida Nukusdagi dunyoga mashhur Savitskiy muzeyiga ham kirishni rejalashtirgandik. 31-avgust kuni kechki payt shaharga yetib bordik va mehmonxonaga joylashdik. Yetib borgunimizcha Nukusdan do‘stimiz Shuhrat Saidahmadov mehmonxona tanlab qo‘ygan ekan. O‘zi Nukusdan uzoqda ekani uchun bizni kutib olib, mehmonxonagacha boshlab borishni bir yigitga tayinlagan ekan. Yigitni ko‘zimga issiq ko‘rindi. Tanishsak, “KrUz.uz” sayti asoschisi, marhum Furqat Yusupovning ukasi Iskandar Yusupov ekan. Iskandar juda odobli, tarbiyali yigit ekan. Biz mehmonxonaga joylashib bo‘lganimizdan so‘ng xotirjam bo‘lib ketdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ertasi kuni Nukusni aylanayotganimizda, afsuski, Iskandar bilan qayta ko‘rishib, minnatdorlik bildira olmadik. Sababi, Savitskiy muzeyini tomosha qilib, so‘ng shoshilinch Mo‘ynoqqa jo‘nab ketdik.

    Nukus shahri menda zo‘r taassurot qoldirdi. Shahar juda chiroyli, ozoda. Ko‘chalari reja bilan tortilgan. O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida bo‘lganman. Tarixiy shaharlarning menga ma’qul kelmagan bir jihatlari bor, u ham bo‘lsa tor va pastqam ko‘chalarining borligi va aksiga olib o‘shanday ko‘chalar qarovsiz va ta’mirtalab holda qolayotgani. Nukusda bunday holatni ko‘rmaysiz. Mahallalar oralab tortilgan ko‘chalar biroz tor bo‘lsada, ta’mirlab qo‘yilgan. Markaziy ko‘chalar esa ajoyib ko‘rinishda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahardagi yangi qurilgan binolar ham, eski binolar ham chiroyli ko‘rinishga keltirilgan. Shahar markazida, shundoqqina Savitskiy muzeyi oldida ikkita katta bayroq – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari ilib qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nukusga kechki payt soat 23:00 larda kirib bordik. Tungi Nukus juda chiroyli edi.

    1-sentabr kuni ertalab Savitskiy muzeyiga bordik. Muzey haqida hozir to‘xtalib o‘tirmayman, bu alohida maqolaga munosib mavzu.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muzeyning ikki binosidagi eksponatlarni tomosha qilib chiqib, tushda Mo‘ynoq tomon ravona bo‘ldik. Nukusdan Mo‘ynoq sari ketarkanmiz, garchi “cho‘l” deb atalsa-da, atrofning go‘zalligiga til ojiz edi. Hammayoq butazor, havo nihoyatda toza. Sal yurilgandan so‘ng Qo‘ng‘irotgacha bo‘lgan katta hududda ekin maydonlari, cho‘l o‘rmonlari, saksovulzorlar. Hammasi ajoyib ko‘rinadi. Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa ketishda endi ekin maydonlari kamroq, katta hududlar cho‘l o‘rmonlari va saksovulzorlar bilan qoplangan edi. Umuman olganda, bir paytlar To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniy tumanlaridagi qishloq va ovullarni ko‘rib qanchalik ajablangan bo‘lsam, Nukusdan Mo‘ynoqqacha borib ham shunday ajablandim. Sababi, yuqorida yozganimday, yer osti suvlari yaqinligi uchunmi, hammayoq ko‘m-ko‘k, butazorlar, saksovulzorlar, cho‘l o‘rmonlari, ekin dalalari, paxtazorlar, sholipoyalar, g‘alla ekiladigan maydonlar katta-katta maydonlarda yastanib yotibdi.

    Qoraqalpog‘istonda ta’bni xira qiladigan holatlar

    Qoraqalpog‘iston bo‘ylab sayohat qilarkanmiz, albatta ta’bni xira qiladigan holatlar ham uchradi. Biroq ular unchalik ko‘p emas va asosan bir soha bilan bog‘lik. Qaysi sohani nazarda tutayotganimni darrov sezgandirsiz – avtomobil yo‘llari bilan bog‘liq muammolar.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Safarga chiqishdan oldin Qoraqalpog‘istonda yashaydigan yoki u yerga tez-tez borib turadigan do‘stlarimiz bilan bu yurtga qanday borish (poyezddami yoki avtomobilda) maslahat so‘radik. Ular poyezdda borishimizni, avtomobil yo‘llarining aksariyati ta’mirtalab ahvolda ekanini aytdi. Ammo Mo‘ynoqqa ham borishimizni bilib, “unda avtomobilda chiqaveringlar, hammayoqni ko‘rish uchun, harakatlanish biroz qiyin bo‘lsa ham, avtomobil yaxshi” deyishdi. Ularning tavsiyasi bilan avtomobilda bordik. Ta’mirtalab yo‘llarda juda qiynalib harakatlangan bo‘lsak ham, avtomobilda borganimizga afsuslanmadik. Nukusgacha poyezdda yetib olib, undan so‘ng ko‘plab shahar va qishloqlarlarga taksida yursak, ancha qimmatga tushardik. Avtomobilda yurganimiz uchun erkin harakatlandik va turli joylarga borishda muammo bo‘lmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yo‘lning eng og‘ir qismi Buxoro viloyatida, Romitan–Gazli yo‘nalishida edi. Bu yo‘lning ahvolini ko‘rib, beixtiyor “nahotki shu xalqaro ahamiyatga ega yo‘l bo‘lsa?!” deb hayron qoldik. Masofa juda uzunmas, nari borsa 50–70 kilometrli yo‘lni nahotki ta’mirlab qo‘yish qiyin ish bo‘lsa? O‘ylaymizki, Buxoro viloyati yo‘lsozlari bu muammoga e’tibor qaratadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Beruniydan o‘tganimizdan keyin Nukusgacha bo‘lgan yo‘l ham ta’mirtalab ahvolda ekan. Keyin Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan yo‘l biroz ta’mirtalab bo‘lib qolibdi. Nafaqat Qoraqalpog‘istonda, balki boshqa har qanday hududda ham yo‘l hamma uchun muhim obyekt. Investorlar uchun ham, sayyohlar uchun ham. Nukusda, Savitskiy muzeyida bo‘lganimizda ko‘rdik – bu muzeyni tomosha qilishni xohlagan ko‘plab xorijlik sayyohlarni Buxorodan, Samarqanddan, Urganch va Xivadan asosan avtobusda olib borishyapti. Mo‘ynoqda ko‘rdik, u yerda ham ancha xorijlik sayyohlar shahar yaqinidagi kemalar qabristonini, Orolni ko‘rish uchun tashrif buyuryapti; ularning aksariyatini, yo‘ltanlamaslarda bo‘lsa ham, buzuq yo‘llardan olib borishyapti. Shunday ekan, Qoraqalpog‘iston nafaqat sayyohlar qiynalmay harakatlanishlari uchun, balki investorlar uchun ham eng avvalo yo‘llarni sifatli qilib ta’mirlab qo‘yishi kerak. Aks holda bu yurtga investorlar va sayyohlarni jalb qilish qiyin bo‘lib qolaveradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yana bir muammo ham yo‘l bilan bog‘liq. Buxorodan o‘tganimizdan so‘ng yo‘llarimizda yo‘l ko‘rsatkichlari juda kam; bu holatga Qoraqalpog‘istonda ham duch keldik. Turli manzillar sari borarkanmiz, yo‘l ko‘rsatkichlari juda kam o‘rnatilganiga guvoh bo‘ldik. Masalan, Nukusdan Mo‘ynoqqa borishda Qo‘ng‘irot orqali o‘tib ketilar ekan. Ana shu yerda bir nechta ko‘chalarni aylanib, Mo‘ynoqqa boradigan yo‘lga tushib olguncha yo‘l ko‘rsatkichlari bo‘lmagani yoki yetarlicha o‘rnatilmagani uchun bir necha bor to‘xtab, mahalliy aholidan yo‘lni so‘rab oldik. Qoraqalpog‘istonda yetarlicha sayyohlik salohiyati bor va uni rivojlantirish uchun zudlik bilan yo‘llarni ta’mirlab, har qadamda yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatib chiqish lozim bo‘ladi.

    Xulosa

    Umuman olganda, Qoraqalpog‘iston menga juda yoqdi; imkoniyatim bo‘lganida Qoraqalpog‘istonga qayta sayohatga albatta boraman. Bu safar Orolgacha bora olmadik, keyingi sayohatlarimda albatta Orolgacha borishga harakat qilaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sayohat qilishga vaqti va imkoniyati borlarga Qoraqalpog‘istonni tavsiya etaman.

    P.S.: Keyingi maqolalar va fotosuratlar Savitskiy muzeyi va Mo‘ynoq haqida bo‘ladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    05.09.2019, 15:04   Izoh (0)   48264
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.