• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Miyaning qarishini qanday to‘xtatish mumkin?

    Kembrij universiteti olimlari kalamushlarda o‘tkazilgan tajribalar orqali miya hujayralarining qarishining oldini olish borasida katta natijalar olinganini ma’lum qilmoqda. Bu haqdagi maqola avgust oyida Nature jurnalida chop etilgan. Unda aytilishicha, vaqt o‘tishi bilan boshqa mushaklar singari miya ham qattiqlashib borar ekan va buning natijasida miya hujayralari ham qotib, ishga yaramay qolishi kuzatilar ekan. Kuzatuv va tajribalar orqali olingan bilimlar asosida Kembrij olimlari “qarigan” miya hujayralarini yoshartirishga muvaffaq bo‘lgan.

    Foto: University of Cambridge

    Foto: University of Cambridge

    Olingan natijalar asosida olimlar inson miyasi bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda yangi yo‘nalishlar va davolash usullarini ishlab chiqishni reja qilgan.

    Hammamizga ayonki, odam qarigani sari mushak va to‘qimalar qattiqlashib boradi va natijada kishining xatti-harakati ham qiyinlashib boradi. Kembrij universitetiga qarashli Miya hujayralari Instituti (Wellcome-MRC) olimlari miya ham bundan mustasno emasligini ko‘rsatib bergan. Buning uchun ular yosh va qari kalamushlarning miyasini o‘rganib, yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan. Buning mohiyatida yosh ulg‘ayishi asnosida oligodendrotsit hujayralarining qanday o‘zgarishlarga yuz tutishishni tadqiq qilish masalasi yotadi.

    Oligodendrotsitlar normal miya faoliyatini ta’minlash uchun o‘ta muhim hujayralar bo‘lib, asosiy vazifasi asab tolalarini o‘rab turadigan miyelin qobig‘ini ishlab chiqarishdan iborat bo‘ladi. Tarqoq skleroz xastaligida aynan shu miyelin qobig‘i zararlangan bo‘ladi. Albatta, qari odamlardagi sklerozda ham miyelin qobig‘i zararlanishi kuzatiladi; lekin mutlaqo sog‘lom odamlarda ham yosh o‘tgan sari oligodendrotsitlarning funksiyasi susayishi ro‘y beradi.

    Tadqiqotchilar qari kalamushlarning miyasidagi shunday hujayralarni ko‘chirib, yosh kalamushlar miyasiga o‘tkazgan. Jarayonda ma’lum bo‘lishicha, bunda qari oligodendrotsitlar yangi yosh miyada yana qayta jonlanib, faol ishlay boshlagan. Keyingi bosqichda olimlar kalamush miyasining turli yoshdagi qattiqlik ko‘rsatkichlariga moslab tayyorlangan materiallarga oligodendrotsitlarni joylashtirib, o‘zini qanday tutishini kuzatdi. Miyaning qattiq va yumshoqligi ushbu hujayralarga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash uchun tadqiqotchilar Piezo1 nomli oqsilni kuzatishgan. Ma’lum bo‘lishicha, oligodendrotsitlarga atrofdagi miya moddasining qattiq yoki yumshoq ekani haqida ma’lumot yetkazishni aynan shu oqsil bajarar ekan.

    Ilmiy guruh rahbarlaridan biri doktor Kevin Chalut bu haqda shunday degan: “Biz yosh kalamushning miya oligodendrotsitlarini qari kalamushning qotgan miyasiga ko‘chirib o‘tkizganimizda ular regeneratsiyadan to‘xtab qolgani va amalda qari hujayralar singari ishlay boshlaganini ko‘rib hayratga tushdik. Ayniqsa qari hujayralar yosh miyaga ko‘chirilganidan keyin o‘zini qanday tutganini kuzatish qiziq bo‘ldi. Ular xuddi yosh hujayralarning o‘zi bilan bir xil ishlay boshladi. Boshqacha aytganda, ular yosharib qoldi!”

    Undan ham qiziq holat Piezo1 oqsili bilan ro‘y bergan. Loyiha rahbarlaridan yana biri – professor Robin Franklin ma’lum qilishicha, olimlar qari oligodendrotsitlardan Piezo1 oqsilini olib tashlashgach, ular go‘yoki mazkur hujayralarni “aldashga” erishgan. Ya’ni qari oligodendrotsitlar o‘zi joylashgan miyaning qattiq yoki yumshoq ekanini bila olmay qolgan va natijada o‘zi turgan miyani yumshoq yosh miya deb qabul qilgan. Oqibatda ushbu hujayralar faollashgan. Bundan esa qari kalamushning asab tizimi yosh kalamushniki singari ishlay boshlagan. Boshqacha aytganda, uning miyasi yoshargan va o‘zining regenerativ funksiyasini tiklagan.

    Tadqiqotni moliyalashtirgan tashkilotlardan biri – Angliya tarqoq sklerozni tadqiq qilish jamiyati direktori Syuzan Kolxaas esa, o‘z navbatida, bu ilmiy yutuqlar yaqin orada tibbiyotda sklerozni davolashda kutilgan samarani berishi mumkinligi va u miya faoliyati buzilishlaridan keyin uning normal ish faoliyatini tiklash imkonini berishiga umid bildirgan.

    Kembrij olimlarining bu tadqiqotlarini Yevropa ilmiy tadqiqotlar kengashi (the European Research Council), Tarqoq skleroz jamiyati (MS Socety), Biotexnologiyalar va biologiya tadqiqotlari kengashi, Adelson tibbiyot tadqiqotlari jamg‘armasi hamda Tibbiyot tadqiqotlari kengashi tomonidan moliyalashtirilgan.

    05.09.2019, 12:27   Izoh (0)   41964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar qadimgi odamning yuz ko‘rinishini tikladi

    29.08.2019, 10:50

    2020-yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi

    27.08.2019, 19:00

    Oks Iskandariyasi: Shahar Makedonskiy davrida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto+video)

    26.08.2019, 11:27

    AQSh olimlari suvdan sariyog‘ muqobilini yaratishdi

    23.08.2019, 13:51

    Rossiya birinchi marta fazoga “Fedor” robotini uchirdi

    22.08.2019, 14:18

    AQShda DNKni tezkor tahlil qilish usulini kashf etgan Nobel sovrindori vafot etdi

    16.08.2019, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya prezidenti Pxenyan bilan muzokaralarni bosqichma-bosqich qayta tiklashni buyurdi

    Dunyo | 18 avgust, 09:49

    Turkiya chempionati. “Bashakshehir” “Kayserispor” bilan durang o‘ynadi. Shomurodov 70 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 18 avgust, 09:40

    AQSH yadroviy suvosti kemasi va harbiylarini Karib dengiziga yubordi

    Dunyo | 18 avgust, 09:36

    Xitoy kompaniyasi Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurishi mumkin

    O‘zbekiston | 18 avgust, 09:25

    “Muzokaralardan natija chiqmasa, Rossiyani salbiy oqibatlar kutib turibdi” — AQSH davlat kotibi

    Dunyo | 18 avgust, 09:15

    “Qattiqqo‘l xonim” 20 yoshda: mashhur film qahramonlari hozirda qanday ko‘rinishda?

    Shou-biznes | 18 avgust, 09:05

    Superliga. “Bunyodkor” “Buxoro”ni mag‘lubiyatga uchratdi, “Andijon” Muborakda “Mash’al”ga imkoniyatni boy berdi, “Qo‘qon-1912” esa “Surxon”dan ustun keldi

    Sport | 18 avgust, 09:04

    “Zelenskiy istasa urushni darhol tugatishi mumkin”— Tramp shartlarni aytdi

    Dunyo | 18 avgust, 08:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.