Ukrainalik suratkash Roman Pilipey “Yevropa matbuot fotoagentligi”ning so‘roviga ko‘ra, Xitoy sanoatining bir qismiga aylanib borayotgan to‘y fotosessiyalariga oid suratlarni e’lon qildi.
1. Rossiya yoki Yevropada kelin-kuyov to‘yning o‘zida suratga tushsa, Xitoyda suratga olish jarayonlari nikoh marosimidan ancha avval amalga oshiriladi.
2. Kelin va kuyov ishtirokidagi fotosessiya to‘y marosimining majburiy bosqichiga aylanib bo‘lgan. Bu kabi suratga olish jarayonlari bir necha oy yoki bir yil avval amalga oshiriladi.
3. Suratga olish ishlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya o‘z mijozlarining imkon qadar barcha talablarini bajaradi. Fotosessiya tashkilotchilari makiyaj, to‘y kastyumlari-yu liboslari hamda transport masalasini ham o‘ylab qo‘ygan. Transport — suratga tushish uchun mo‘ljallangan joyga qadar yetib olish uchun kerak.
4. Xitoyning turli shaharlarida joylashgan diqqatga sazovor joylarida doim kelin-kuyovlar juftligini uchratish mumkin.
5. Tarixiy joylarga qanoatlanmaydiganlar fotostudiyalarga murojaat qilib, o‘zlariga xohlagan dekoratsiyalarga buyurtma beradi. Puli to‘lansa — chiroqlar ham xuddi yulduzdek, hayvon tulumi ham xuddi haqiqiydek ko‘rinish beradi.
6. Kelin-kuyovlar asosan xutunlar — hozirgacha saqlanib qolgan o‘rta asrlarga oid xarobalarda ham suratga tushadi. Bu joylar tarixiy obidalar qatoriga kirsa-da, hamon u yerlarda odamlar yashaydi. Xarobalarda yashaydigan mahalliy aholi har kuni o‘z kulbalari oldida suratga tushadigan kelin-kuyovlarga o‘rganib qolgan.
7. Boyroq juftliklar Parijdagi Eyfel minorasi va dunyoning boshqa diqqatga sazovor joylarida suratga tushadi. Bunga puli yetmaydiganlar esa shunga mos dekoratsiyaga ega studiyalarni qidiradi. Xitoylik suratkashlarda “soxta Parij”, hatto kxmerlarning Angkor-Vat ibodatxonasi ham topiladi.
8. Ko‘pchilik Xitoyning deyarli barcha qismida uchraydigan chiroyli landshaftlar yonida suratga tushishni ma’qul ko‘radi. Ayrimlar Tayvan bo‘g‘ozidagi Gulanyuy oroliga borsa, qolganlar Yunnanya janubi-g‘arbidagi Erxay tog‘ ko‘liga boradi.
9. To‘y oldi fotosessiyalari bir necha yuz dollarga tushadi. Ayrim hollarda “love story”lar ming dollargacha ham borishi mumkin. Barchasi mijozning talabiga bog‘liq bo‘ladi.
10. Odatda fotosessiya davomida kelinlar kamida uch marotaba kiyim almashtiradi. Avvaliga ular oq kelin ko‘ylakda suratga tushsa, shundan so‘ng qizil rangli an’anaviy Xitoy libosini kiyadi. Oxirida esa zamonaviy moda liboslarida suratga tushadi.
Izoh (0)