Futbol bo‘yicha JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Falastin — O‘zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
“Faysal al-Hussayni” stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv xitoylik Fu Ming boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin 5-sentabr, payshanba kuniga belgilangan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Falastin — O‘zbekiston
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy)
Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya)
Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston)
Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)