Britaniyalik ko‘cha rassomi Benksining asari Parijda o‘g‘irlab ketildi, deb xabar berdi Meduza.
Qayd etilishicha, 2-sentabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Jorj Pompidu milliy san’at va madaniyat markazining yerosti avtoturargohi ko‘rsatkichining orqa tomoniga chizilgan graffitini kesib olib ketgan.
Rasmda yuzida sharf va panjasida pichoq bo‘lgan kalamush aks etgan edi.
Anonim rassom bu graffitini 2018-yilning iyunida yaratgan va o‘zining Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan edi.
Benksi ushbu suratni 1968-yilda Parijda yuz bergan talabalar norozilik namoyishining 50 yilligiga bag‘ishlagan.
Rassomning fikricha, aynan o‘sha paytda ko‘cha rassomchilik san’ati dunyoga kelgan.
Ma’lumot uchun, bu Parijda 2019-yilning boshidan beri Benksining asarlari o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq ikkinchi holat. Yanvar oyida noma’lum shaxslar “Bataklan” konsert zalining orqa eshigiga chizilgan graffitisini kesib olib ketgan edi.
Izoh (0)