• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: O‘qing, faqat yig‘lamang

    “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Mustaqillik deklaratsiyasi tashabbuskorlarini bilamizmi?

    Yigit va qiz qarshiliklarni yengib turmush qursa, qiyin damlarda xayrixoh bo‘lgan qarindoshlarini butun turmush davomida izzat-ikrom qilib o‘tishadi. Biror xalq ozodlikka erishishida qo‘llagan qardoshlarni umrbod boshiga ko‘taradi. Bu safargi mavzuimiz mustaqillik haqida.

    Ba’zilar “kurashmay mustaqil bo‘ldik”, deydi, boshqalar, “yo‘q, tinch kurashlar orqali mustaqillikka erishdik”, deydi. Hech kimni xafa qilgisi kelmaganlar Qodiriy, Cho‘lpon, Fitratlarning kurashlari mustaqillik uchun kurashning boshlanishi edi, deb fikr tashlaydi. Har biri o‘zicha haq. Ammo ko‘pchiligimiz 29 yil muqaddam iyun oyida 40 nafar deputat O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqqanini bilmaymiz. Yaqin tariximizdagi nodir hodisalardan biri bo‘lgandi u. Parlamentdagi ozchilik deputatlar vatan mustaqil bo‘lishi lozimligini befarq ko‘pchilikka uqtira olgan edi.

    Nima deb o‘ylaysiz, bugun ularning joyi qayerda bo‘lishi kerak edi? Bir yil keyinni ko‘ra olgan, O‘zbekiston Moskvasiz ham o‘zini boshqara olishi mumkinligini parlamentdagi safdoshlaridan farqli holda vaqtliroq anglab yetgan 40 nafar deputat hozir qaysi joylarda ekan? 29 yil avval ularning yoshi o‘rtacha 30-50 atrofida bo‘lsa (inqilobiy ong har doim yoshlarda bo‘ladi), bugun 60–80 ni urib qo‘yishdi. Ular haqida nechtamiz bilamiz? Va qanchalik bilamiz?

    Shubha yo‘qki, ular yurt mustaqilligini dildan istagan shaxslar edi. Va ular bugun davlat boshqaruvida emasliklari ham ma’lum. Biri chetga ketgan, boshqasi qamoqdan chiqdi, yana biri barcha lavozimlardan chetlatilgan. Qolganlari dunyodan o‘tib ketishgan... Ular haqida hatto internetda tuzuk-quruq ma’lumot yo‘q.

    Karim Bahriyev, shoir, jurnalist, bugun davlat ishida emas. Erkin Vohidov, Xalq shoiri, dunyodan o‘tdi. Shuhrat Nusratov, tadbirkor, uch yil oldin qamoqdan chiqdi. Jahongir Mamatov, jurnalist, olim, chetda yashaydi. Halima Xudoyberdiyeva, shoira, dunyodan o‘tdi. Samandar Qo‘qonov, tadbirkor, uch yil oldin qamoqdan chiqdi. Nurali Qobul, yozuvchi, pensiyada ijod bilan shug‘ullanyapti. Nasrullo Saidov, chetda yashaydi. Mening bilganlarim shular. Yana 31 nafar deputatni esa tanimayman, faoliyatidan, orzu-istaklaridan bexabarman. Ammo bilishim kerakligini bilaman.

    Uch yil avval kuzatganimiz rahmatli Islom Karimov aytganidek, “tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”.

    O‘qing, faqat yig‘lamang: eng qimmat Nexia 2 ming dollar. 15 daqiqada o‘z nomingizga o‘tkazasiz

    Bir do‘stim Tojikistonga borib qaytdi. Mashina bozorini ko‘rgan ekan, taassurotlarini so‘radim.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hozir ham yurtimizda kuzovining pasti zanglab chirigan, chirib uzilib tushgan, siniq old oynasi skotch bilan yamalgan, baki teshikligidan baklajkaga benzin quyib, shlang bilan motorga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan, yursa eshiklari tushib ketadigan “Moskvich 412” mashinalarini minib yurishadi. Ayniqsa, qishloqlarda kimnidir tobi qochib qolsa, tanlab o‘tirmay duch kelgan mashina joniga ora kiradi.

    Tojikistondagi mashina bozorini aylanar ekanman, ko‘zimdan yosh mo‘ldirab oqib ketdi. Mashina ishlab chiqaramiz, deb ko‘ksimizga urib yuravergan ekanmiz.

    Bozorga qadam qo‘yishimiz bilan o‘zimizni Yaponiya yoki Yevropada his qildik. Axir u yerdagi mashinalarni faqat kinolarda ko‘rganmiz. “Forsaj”dagi mashinayam bor. Lof-qofi bilan aytsam, transformerlargacha ham turibdi.

    Bizda ko‘chaga chiqsang, oq mashinaga boshingni urasan. Tojiklarda qora mashinaning bozori chaqqon ekan. Yana 100 foizli tonirovkasi bilan. Aytishlaricha, ularda ham oynalarni qoraytirish pulli bo‘lib, 200 dollar atrofiga to‘g‘ri kelarkan. Baribir, bizdan arzon, deb qo‘ydim.

    Germaniyaning Mercedes Benz, Opel, Volkswagen; Koreyaning Hyundai, Kia markalaridagi mashinalari oldida o‘zimni tutolmay, egalari miyig‘ida kulsa ham bir-ikkita selfiga tushdim.

    Bir o‘zim yosh to‘kkanim bas. Ularning narxlarini aytaman, qo‘lingizga ro‘molcha olvoling.

    BMW X5, Mercedes’ning oxirgi versiyalari, Hyundai Sonata, Opel Astra, Kia allanimalar 5 mingdan 25 ming dollargacha turibdi. Armiyada beradigan etikka o‘xshash katta-katta mashinalar, masalan Range Rover, Land Cruiser deganlari 30–35 ming “ko‘ki”. Mayli, bu mashinalar arzon bo‘lsa ham biz uchun qimmatlik qiladi. Ularga so‘lagim oqib, arzonroq, yili eskiroq mashinalar tomonga arang yurdim. O‘zimizdagi Tracker, Orlando’ga o‘xshash oilaviy mashinalarning bozori chaqqon ekan ulardayam. 5–6 kishi bemalol sig‘adigan yukxonasiyam kenggina, yili eskirog‘-u, lekin ko‘p minilmagan haqiqiy oilabop mashinalar 5–6 ming dollar atrofida.

    Sal yurib yanayam arzonroq mashinalarni ko‘rdik. Tanish mashinalar.

    Bizda hali ham to‘kislik belgisi bo‘lgan Nexia’lar turibdi. Faqat ularniki toza “koreyskiy”. Narxlari 800 dan boshlanib, eng zo‘rlari 2 ming dollargacha ekan.

    Bundanam dahshati oldinda ekan: “Vaz 2107”larni ko‘rib qon bosimim ko‘tarildi. Axir, 200 dollar ham bo‘ladimi? Bizda bu pulga zo‘r velosiped beradi.

    “Tojik qo‘shnilarimiz umuman piyoda yurmas ekan-da”, deb qo‘ydim. Bizda shunday qilinsa, kuzovi teshik, oynasi skotchlangan “Moskvich”larimizni so‘yib, kuzovini paqir, g‘ildiragini aravacha yasovchilarga berib yuborardik. Afsuski, buning iloji yo‘q-da. Chunki biz avtomobil sanoatiga ega davlatda yashaymiz va buni boshqalarga bildirishimiz kerak.

    Tojikiston mashina bozorida yana ko‘p qiziq holatlarga guvoh bo‘ldim. Bizda mashina olmoqchi bo‘lsangiz, yaqin do‘stingiz, haydovchi qaynog‘angiz yoki pochchangiz, tajribali usta va qitmir dallol bilan borib mashinani tekshirib olasiz. Sotuvchidan “suyagi butunmi?”, “yumalamaganmi?”, “kraskasi tozami?”, deb ijikilab so‘raysiz.

    Ular mashina oldi-sotdisida umuman bo‘yog‘ini so‘ramas ekan. Motori yaxshi bo‘lsa, qo‘lni tashlayverarkan. Eng qizig‘i, savdo bo‘lishi bilanoq xaridor, mashina hujjatlari va o‘zining fuqarolik pasportini olib, bozorning bir chetidagi kichkinagina budkaga oborarkan-da, 200 somoniy (bizning pulga 200 ming) to‘lab, 15 daqiqada o‘zini nomiga o‘tkazib olarkan. Egasi turishi shart emas ekan, hujjatlarni bergani, pulni to‘liq olgani hisoblanarkan. Shunisi sal xavfliroq ekan. Yoki Tojikistonda mashina o‘g‘risi yo‘qmikan-a?

    Bizda-chi? Notariusga bor, turnaqator navbat kut, navbat kelganda yozdir, to‘lovlarni bankka borib to‘la, kvitansiyasini yana notariusga olib kel va ko‘rsat, keyin oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtir, sotayotganning xotinini yoki erini olib kelib, notarial xodimning guvohligida uning roziligini ol, keyin oluvchi va sotuvchini barmoq izlarini skaner qil, keyin nomiga rasmiylashtirib ber, davlat raqami olish uchun qayta-qayta GAI MROga qatna (ufff, charchab ketdim). Qiyin, ha qiyin, lekin hammasi “chyotkiy” bizda, shartnomadan keyin na oluvchi va na sotuvchi churq etib og‘iz ocholmaydi. Chunki holi qolmaydi.

    Mavzuga aloqasi bo‘lmasa-da, yana bir ajablanarli holatni ko‘rganimni aytib beray.

    Tojikistonning Xo‘jand viloyati Konibodom tumanidan Xo‘jand shahriga qarab ketar ekanmiz, yo‘lning bir qismidagi 10 kilometr masofada Qirg‘iziston bilan chegara hudud bor ekan. Qirg‘izistonning Batken viloyati chegaradosh ekanligini bilardim-u, lekin bunchalik yaqinligini bilmas ekanman. Katta yo‘lning yarmi Tojikiston, yarmi Qirg‘iziston, hech qanday sim to‘siq yoki chegarachi yo‘q. Faqatgina chegarani ajratib turadigan qalin chiziq bor xolos. Tojiklar chiziqning u tomonidagi qirg‘iz do‘konlariga savdo qilish uchun o‘tsa, qirg‘izlar chiziqning bu tomoniga meva-cheva olish uchun bemalol o‘tib yuribdi. Xuddi Yevropadagidek.

    Kechagina “So‘x–Rishton yo‘li ochildi” deyishdi, ochilmadi. Nega bizning So‘x va Shohimardonda shunday qilinmaydi? Axir ular ham Batken viloyati bilan chegaradosh-ku. Qirg‘iz birodarlarimiz tojiklar bilan kelishganidek, biz bilan ham kelishib, shu anklavimizda yashaydigan fuqarolarimizga ozgina yo‘l berishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘larmidi.

    Shunaqa gaplar. Qo‘shnilarimiz, ja Amerikachalik bo‘lmasa ham, o‘rgansa arziydigan taraflari bor ekan.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Davlatning juniga shaxsiy juningni aralashtirma

    O‘zingnikidan uzr, begonaga qonun

    Shirin qovunlar mamlakati

    Qani, blogerlar, yoppasiga ko‘cha tozalashga!

    Xarobadan qo‘rqinchli mujdalar

    Uniki oq, meniki esa oppoq

    Afandi qo‘yiga ko‘zoynak taqqani haqida

    Boyga - doktor, kambag‘alga - duo

    Servantdagi “ognetushitel” va chakkaga taqilgan tish cho‘tkasi

    Yolg‘onchi blogerlar va eng arzon narsa

    Yordam bermang, o‘zim turaman

    03.09.2019, 16:01   Izoh (0)   622652
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xalq banki”da yollanma xodim 9,5 mlrd so‘m o‘g‘irlagani aniqlandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 20:58

    Isroil G‘azo sektoridan chiqib ketishi shart — Shimoliy Koreya TIV

    Dunyo | 12 avgust, 20:50

    “Rossiya Kiyevni to‘rt soatda egallay olardi” — Tramp

    Dunyo | 12 avgust, 20:42

    Muxlislar tomonidan ortiqcha baholangan 7 turk qahramoni

    Kino | 12 avgust, 20:25

    Kavkazdagi “katta o‘yin”ning yangi sahifasi. Zangazur koridori ustidagi geosiyosiy raqobat

    Dunyo | 12 avgust, 20:12

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Yevropa Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam berdi

    Dunyo | 12 avgust, 19:55

    Nega ko‘pchilik smartfondan ko‘ra tugmachali telefonni afzal ko‘rmoqda?

    Layfstayl | 12 avgust, 19:40

    Prezident Buxorodagi 5 mingta xonadonda arzon issiqxonalar qurish vazifasini qo‘ydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:30

    Kelajakda Somon yo‘li Andromeda galaktikasi bilan to‘qnashishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 12 avgust, 19:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.