“Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya Premyer ligasining avgust oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi o‘tgan oy Rossiya chempionatida beshta o‘yin o‘tkazib, 5 ta golga muallif bo‘ldi va to‘purarlar ro‘yxatida yetakchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov iyul oyida ham nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq sovringa “Krilya Sovetov” hujumchisi Aleksand Sobolyev ega chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)