Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani yong‘in-qutqaruv qismiga 31-avgust kuni soat 16:53 da A.Bo‘tayev MFYda joylashgan “Jarqo‘rg‘on servis” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida Damas yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 17:00 da yetib borgan va soat 17:03 da yong‘in o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida Damas avtomobili to‘liq yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘inga avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)