Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 80 yilligi munosabati bilan Polshaning Gdansk yaqinidagi Vesterplatte yarim oroli va Velyun shahrida xotirlash tadbirlari boshlandi.
Bu ikki manzil ham 1939-yil 1-sentabrda birinchi bo‘lib nemis-fashist qo‘shinlari xurujiga duch kelgandi.
Velyunga Germaniya prezidenti polshalik hamkasbi Anjey Duda hamrohligida yetib keldi. Bu yerda davlat rahbarlarining chiqish qilishi kutilmoqda.
Xotirlash marosimlari ishtirokchilari Vesterplattedagi muzey poydevoriga tosh qo‘yish marosimida qatnashadi. Asosiy tadbirlar Varshavada bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirlarda 40 ga yaqin xorijiy delegatsiyalar, jumladan, 20 nafar atrofida davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etish istagini bildirgandi. Ulardan ayrimlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp keyinchalik turli sabablarga ko‘ra tashriflarini qoldirdi.
Izoh (0)