Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni erta tongda Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Shundan so‘ng Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

So‘ng Ko‘ksaroyda bir guruh vatandoshlar va xorijliklarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi. Yakunda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida mustaqillikning 28 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan asosiy bayram tadbirida qatnashib, nutq so‘zladi.

Prezident matbuot xizmati davlat rahbari 31-avgustni qanday o‘tkazgani haqida video tayyorladi va o‘zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan qutladi.