• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan yakkabog‘lik tadbirkor qamoqdan ozod qilindi. U endi sudga o‘z uyidan qatnaydi

    Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosarini ustiga benzin sepib, uni yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov qayta sud-psixologiya ekspertizasi xulosasidan so‘ng 29-avgust kuni qamoqdan ozod etildi. Bu haqda tadbirkorning advokati Muzaffar Obidovga asoslanib, “AdvokatNews.uz” xabar bermoqda. Tadbirkor sudga o‘z uyidan qatnaydi.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Qarshi universiteti psixologiya fakulteti olimlaridan iborat ekspertlar guruhi 24-avgust kuni Bahriddin Isomov to‘g‘risida “o‘sha xatti-harakatni sodir etgan vaqtida affekt holatida bo‘lgan” deb xulosa bergan. Ushbu xulosa asosida, Yakkabog‘ tumani prokurori sanksiyasi bilan ayblov Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish)dan 98-modda (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish)ga qayta malakalanib, ayblov yengillashgani munosabati bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilingan.

    Mavzuga doir: Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkorning o‘g‘li: “Bizga muruvvat kerak emas, dadam qamoqdan chiqsa bo‘ldi...”

    Advokatning aytishicha, Bahriddin Isomov shu bilan uchinchi marta ruhiy ekspertiza qilingan. Avvalroq, jinoiy ish qo‘zg‘atilgach, u sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun Toshkentga jo‘natilgani haqida xabar qilingan edi. Respublika sud-ekspertiza markazida o‘tkazilgan sud-psixiatriya tekshiruvida, protsessual qonunchilikka asosan uning umumiy ruhiy ahvolini o‘rganilib, ijobiy xulosa berilgan. Shundan so‘ng ayblanuvchining jinoiy qilmishni sodir etish chog‘ida affekt holatida bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashtirish maqsadida sud-psixologik ekspertiza tayinlangan.

    Advokat Muzaffar Obidovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ekspertiza masalaga yuzaki va bir tomonlama qarab, ayblanuvchining ruhiy ahvolini hisobga olmagan. “Psixolog mutaxassislar himoyamdagi shaxs bilan hatto biror marta suhbatlashmagan ham. Uning ayblanishiga sabab bo‘lgan xatti-harakatning sodir etilishidagi vaziyat, motivlar puxta o‘rganilmagan. Shunchaki, tergov materiallari nari-beri varaqlanib, ‘bu odam o‘z xatti-harakatlariga javob bera oladi’, degan mazmunda xulosa tayyorlashgan”, — deydi advokat.

    Bundan xabar topgan advokat viloyat prokuroriga iltimosnoma yozib, himoyasi ostidagi shaxsga qayta ekspertiza tayinlanishiga erishgan. Bu safar Qarshi universiteti psixolog olimlaridan tashkil topgan ekspertlar Isomovning ruhiyatini va tergov materiallarini sinchiklab o‘rganib chiqqach, jamiyatda katta rezonans keltirib chiqargan “Yakkabog‘ voqeasi” asosiy ishtirokchilaridan bo‘lgan mahalliy tadbirkorning o‘sha vaqtda affekt, ya’ni kuchli ruhiy hayajonda bo‘lganini tasdiqlagan.

    Ish qayta malakalanishi bilan birga tergov tugatilib, materiallar sudga taqdim qilingan. “Sud jamiyatning voqeaga nisbatan reaksiyasini hisobga olib, yengilroq jazo tayinlaydi, deb umid qilaman. Qolaversa, o‘sha mashhur ‘snos’ mojarolariga hukumat va Prezident qanday munosabat bildirganini, keyin qanday o‘zgarishlar bo‘lganini yaxshi bilasiz. Bu yog‘ini ko‘ramiz”, — deya advokat Obidovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “AdvokatNews.uz”.

    Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 98-moddasida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirganlik uchun 2 yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

    31.08.2019, 15:27   Izoh (0)   57433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan, u esa O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    31.08.2019, 14:55

    O‘zbekistonda xorijiy OTMlar tomonidan masofaviy o‘qitish va 3 yillik sirtqi ta’lim asosida berilgan diplomlar yana tan olinmayapti

    31.08.2019, 14:55

    O‘zbekistonda Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi

    31.08.2019, 13:59

    Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagani ma’lum qilindi

    31.08.2019, 13:11

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

    31.08.2019, 12:35

    Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi (foto)

    31.08.2019, 12:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.