O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, Mustaqillikning 28-yillik bayrami arafasida bir guruh o‘zbekistonliklar va O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, 31-avgust kuni Ko‘ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Prezident yig‘ilganlarni, ularning timsolida joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan barcha o‘zbekistonliklarni muborakbod etdi. Qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev marosimga yig‘ilganlarni nomma-nom tilga olib, davlat mukofotlari bilan tabriklagan. Ularni O‘zbekistonning asl farzandlari, vijdoni pok, qalbi uyg‘oq odamlar, deb atagan. Prezident taqdirlanganlarga mukofotlarni tantanali ravishda topshirgan.
“Mana shunday mukofot olish va unga munosib bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi. Bugun sizlardagi quvonch, ko‘tarinki kayfiyatdan men o‘zim uchun ham katta kuch, katta quvvat oldim. Barchangizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklayman”, — deb ta’kidlagan Prezident.
Izoh (0)