• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand shahrining bosh rejasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi (video)

    Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi qarori asosida Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi tomonidan 2017—2019-yillarda Samarqand shahrining 2040-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasini va markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

    Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

    Dasturga ko‘ra, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihasi “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi hamda Xitoyning China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd kompaniyasining mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqildi. Loyiha belgilangan tartibda dastlab Samarqand viloyati va shahri mutasaddi tashkilotlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinib, keyingi bosqichda respublika arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

    Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, joriy yilning iyul va avgust oylarida viloyat va shahar hokimliklari, tashkilotlar mas’ullari ishtirokida muhokama qilingan bosh reja loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi munosabati bilan 1991-yildan buyon Samarqand mamlakatning eng qadimiy shaharlaridan biri maqomiga ega bo‘lib, o‘zining barcha davrlarining noyob tarixiy, madaniy, ma’naviy va me’moriy xususiyatlarini saqlab qoldi. Bugungi kunda Samarqand shahri aholisi 529 ming kishini tashkil etadi. 11198 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan shahar yirik iqtisodiy, ma’muriy, siyosiy, ilmiy, ta’lim va madaniy markaz hisoblanadi.

    Samarqandning noyobligi va uning jahon madaniyatidagi ulkan tarixiy va madaniy ahamiyati, uning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Yangi bosh planning vazifasiga shaharsozlikning yaxlitligini, ya’ni, u yerdagi tabiiy sharoitlarni, yodgorliklar va ularning atrofini, jamiyat hududlarini, mahallalarni, infratuzilmalarni va Islom madaniyatini hamda uning ma’naviy merosini asrab kelayotgan samarqandliklarning hayot tarzini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan.

    2001-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 25-sessiyasida Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nominatsiyasida UNESCO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

    Shaharning joylashuvi. Samarqand shahri O‘zbekistonning markazida, bir tomondan qadimgi madaniyat, ikkinchi tomondan esa avtomobil yo‘llari, zamonaviy temir yo‘llari va havo yo‘llarining birlashmasida joylashgan. O‘zining qulay iqtisodiy va geografik joylashuvi tufayli Samarqand shahri butun region markazi sifatida shakllanib, jadal rivojlanmoqda.

    2040-yilga kelib, aholi soni 1 millionga, shahar hududi esa 30 000 gektarga yetadi.

    Mintaqaviy muvofiqlashtirish. Samarqand shahrining bosh planida Samarqand aglomeratsiyasining qo‘shni aholi punktlari bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik ijtimoiy soha, muhandislik va transport infratuzilmasi, ekologik muhit, sanoat va boshqa omillar orqali erishish uchun mintaqaviy muvofiqlashtirish orqali shaharni jadal integrallashgan rivojlanishi ko‘zda tutilgan.

    Sanoat. Bosh planda, shahar aholisining o‘sishini inobatga olgan xolda, mavjud sanoat korxonalarini rivojlantirish va yangi sanoat korxonalarini barpo etish ko‘zda tutilgan. Qurilish, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni jadal rivojlantirish, xalq hunarmandchiligi, yengil, oziq-ovqat va mahalliy sanoat korxonalari, kimyo korxonalarining o‘sishini kamaytirish, sanoatning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.

    Ekologik muhit. Atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar quyidagilardan iborat. Atmosferaga va suv havzalariga bo‘lgan zararni kamaytirish maqsadida sanitariya tomondan zararli korxonalarni shahardan chiqarib tashlash, yashil sanitariya zonalarini yaratish, avtotransportdan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish uchun ekologik standartlarni oshirish, ventilyatsiya koridorlarini saqlash. Shuningdek, hozirgi aeroportni shahar chegarasidan chiqarib, xalqaro standartlarga javob beradigan yangi aeroportni qurish.

    Transport. Bosh planda tarixiy hudud ichidagi va tashqarisidagi turli xil yo‘l harakati qoidalarini yaratish, tarixiy hududdagi transport tarmog‘iga bo‘lgan yuklanishni kamaytirish ham ko‘zda tutilgan. Yo‘llarning mikrosirkulyatsiyasini yaratish maqsadida mavjud bo‘lgan yo‘llarni qayta tiklash, jamoat transporti tizimini faol rivojlanishi, shuningdek, piyoda va velosipedlar uchun sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

    Uy-joy hududi. Bosh plan farovon hayot muhitini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, an’anaviy tumanlar mahallalarning turmush tarzini eng yuqori darajada saqlab qoladi. “Yangi tuman” va “Yangi shahar” tushunchalari turli balandlikdagi turar-joy maydonlarini qurishda, bosqichma-bosqich tendensiyalarni anglatadi va turli xil va yuqori sifatli yashash muhitlarini yaratishga qaratilgan. Avtotransportsiz ko‘chalar, shaxsiy hayotni jamoat hayotidan ajratish, piyoda va yashil hududlar, arxitekturaning xilma-xilligi, ijtimoiy infratuzilmalarning 15 daqiqalik masofada joylashishi ko‘zda tutilgan.

    Ma’muriy-ijtimoiy markazlar, ijtimoiy sohaning rivojlanishi. Aholining turli qatlamlari uchun qulay hayot muhitini yaratish maqsadida bosh plandagi ma’muriy, madaniy va savdo-ko‘ngilochar obyektlarni joylashtirishda qulay transport va piyodalar yo‘llarining bog‘lanishi hisobga olingan. Jamoatchilik hududlari va ijtimoiy infratuzilma aholiga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish bilan shahar aholisi uchun aloqa markazlarini yaratish orqali tumanlar, mikrorayonlar va mahallalar aholisining ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan.

    Shahardagi zamonaviy san’atni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktablar, bolalar bog‘chalari, muzeylar, madaniy markazlar va ko‘rgazma zallari, namoyish va xarid qilish joylari kabi madaniy obyektlar qurish rejalashtirilgan. Shaharning noyob tarixi va arxitekturasi, turli arxitektura uslublariga alohida e’tibor berish, ularning effektiv birligini aniqlab ishga solish, Samarqand aholisining an’anaviy turmush tarzini namoyish etish uchun tarixiy mahallalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Maqsad — Samarqandni O‘rta Osiyoning zamonaviy san’at markaziga aylantirish.

    Yashil hududlar. Yashil hududlar yashil maydonlarning rivojlangan tizimi sifatida loyihalangan. Ya’ni, shahar va tumanlarda yangi parklarni barpo qilishni, piyodalar xiyobonlari, daryolar, ariqlar va kanallar atrofida bog‘lar yaratishni va shaharning tarixiy tog‘li landshaftlarini va Cho‘pon ota tepaligini saqlab qolish va himoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

    Sport va dam olish joylari. Sport va dam olish hududlarini yaratish butun aholining jismoniy tiklanishiga, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish sohasini faol rivojlanishiga, aholining turmush sifatini yaxshilashga yordam beradi.

    Shaharning muhandislik va texnik ta’minoti. Shaharning muhandislik va texnik ta’minoti uning kelajakdagi barcha talablarini qondira oladi. Mavjud bo‘lgan infratuzilmaning qayta tiklanishi va yangi muhandislik kommunikatsiyalarni qurish, shaharning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashga qaratilgan.

    Turizm. Bosh planda madaniy turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Milliy iqtisodiyotning yetakchi sektori hisoblangan turizm, shahar iqtisodiyotining ustuvor sohasiga aylanadi. Bunga rivojlangan sayyohlik marshrutlar tarmog‘i, sayyohlik markazlari, mehmonxonalar tarmog‘i, turistik xizmat ko‘rsatish korxonalari, etnografik muzeylar va qo‘riqxonalarni yaratish orqali erishiladi.

    Zarafshon daryosi va Darg‘om kanali o‘rtasida bionik tarzda rivojlanadigan, ixcham va inklyuziv, iqlimga chidamli shahar shakllanadi. Shaharning mavjud rejaviy tuzilishi maksimal darajada saqlanib qolinmoqda. Tarixiy hudud esa rivojlanayotgan shaharning bir qismi sifatida me’morchilik zaxirasiga aylantiriladi.

    Bosh planning maqsadi — rivojlanish orqali muhofazalash va muhofazalash orqali rivojlanish hisoblanadi. Shaharning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun samarali va moslashuvchan planlashtirish tizimining yaratilishi orqali XXI asr o‘rtalaridan boshlab uning muntazam ravishda rivojlanishi, Samarqandni qadimiy O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi markazi va zamonaviy rivojlanayotgan shahar sifatida dunyo miqyosida yuksaltirish imkonini beradi.

    31.08.2019, 05:31   Izoh (0)   23441
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangiyo‘lda gaz trubasini kesish chog‘ida portlash sodir bo‘ldi. Ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

    31.08.2019, 00:07

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyalari quriladi

    30.08.2019, 23:53

    Leningradda ikki o‘zbekistonlik lift shaxtasiga tushib ketdi

    30.08.2019, 23:39

    Jizzaxda 450 mln dollarlik kon-boyitish majmuasi quriladi

    30.08.2019, 23:24

    Apellyatsiya shikoyatlari bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlandi

    30.08.2019, 23:10

    DTM mandat kechikishini imtiyozlarning ko‘pligi bilan izohladi

    30.08.2019, 22:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.