30-avgust, juma kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 4-turiga start berildi.
Turning dastlabki o‘yinida Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi safarda “Mets”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida hakam tomonidan mezbon jamoa darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan parijliklar yarim himoyachisi Anhel Di Mariya unumli foydalandi (1:0). 43-daqiqaga kelib esa kamerunlik Erik Maksim Shupo-Moting hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa PSJ mehmonda kechgan bahsda “Mets” ustidan ishonchli g‘labaga erishdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Parij klubi ochkolari sonini 9 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Liga 1
4-tur bahsi
30-avgust, juma
“Mets”—PSJ 0:2
Gollar: 0:1 — 11, penalti, Di Mariya, 0:2 — 0:2 — 43 Shupo-Moting“Mets”: Ukija, Santonz, Sunzu, Boyye, Delen, Maiga, Fofana (Angban, 59), Koad (Gakpa, 70), Bulaya (Nyan, 82), Diallo, Ngette
PSJ: Bulka, Dagba, Markinyos, Tiago Silva, Bernat, Aushish (Paredes, 65), Guyye, Verratti (Kurzava, 82), Sarabiya, Shupo-Moting (Xese, 90), Di Mariya
Ogohlantirish: Fofana (27)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)