Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FlyDubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga FZ-1942 reysi bilan uchayotgan layneri 30-avgust kuni havoga ko‘tarilganidan 35 daqiqa o‘tib, Toshkent aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan edi.

Foto: JetPhotos

Foto: JetPhotos
Dastlabki xabarlarda bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq kompaniya vakillari ushbu xabarni tasdiqlab (lekin muammo aynan nimada ekani ma’lum qilinmagan), reys yo‘lovchilari mehmonxona bilan ta’minlangani, uchish vaqti aniqlanayotganini ma’lum qilgan edi.

Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo Nebo” kanalining xabar berishicha, FlyDubai’ning Boeing 737-8KN bortidagi barcha nosozliklar bartaraf etilgach, samolyot 31-avgust kuni soat 5:13 da Dubayga uchib ketgan. “Shunday qilib, FZ-1942 reysi Toshkentda bir sutkaga yaqin ushlanib qoldi”, — deb qo‘shimcha qilgan kanal.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi