31-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 4-turida Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” “Sauthempton” maydoniga safar qildi.
Bellashuvning 10-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Deniel Jeyms Skott Maktominay uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 58-daqiqaga kelib mezbon jamoa himoyachisi Yannik Vestergor hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa “mankunianlar” mehmonda kechgan bahsda “Sauthempton” bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Qayd etish joiz, uchrashuvning 73-daqiqasida “Sauthempton” vakili Kevin Danzo hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.
Ma’lumot uchun uchun, Sulsher shogirdlari chempionatning 4 ta turi yakuniga ko‘ra, 1 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang natija qayd etib, umumiy hisobda 5 ochko jamg‘ardi. “Yunayted” ayni damda jadvalda 4-o‘rinni egallab turibdi.
APL
4-tur bahsi
31-avgust, shanba
“Sauthempton”—“Manchester Yunayted” 1:1
Gollar: 0:1 — 10 Jeyms, 1:1 — 58 Vestergor“Sauthempton”: Gann, Danzo, Soaresh, Bednarek, Vestergor, Bufal (Armstrong, 71), Romeu, Uord-Prouz, Xeybyerg, Ingz (Yosida, 77), Adams (Long, 62)
“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Yang, Lindelyof, Uan-Bissaka, Pogba, Jeyms, Mata (Matich, 68), Pereyra (Lingard, 68), Maktominay (Grinvud, 82), Reshford
Ogohlantirishlar: Danzo (19), Maguayr (40), Yang (90), Armstrong (90)
Chetlatish: Danzo (73)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)