Toshkentda 30-avgust oqshomida “Tungi velosayr” festivali o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimligi ushbu festivalda ishtirok etishni istagan barcha xohlovchilarni soat 22:00 da Xalqlar do‘stligi maydoniga taklif etmoqda. Velosayr Xalqlar do‘stligi maydoni — Suzuk ota majmuasi — Hazrati Imom majmuasi — Xalqlar do‘stligi maydoni yo‘nalishi bo‘ylab o‘tkaziladi.
“Festivalda shaxsiy velosipediga ega bo‘lmaganlar uchun ijara nuqtalari tashkil qilinadi (velosipedlarni ijaraga olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi). Velosayr davomida ishtirokchilarga ma’lumotlarga FM 104.0 radioto‘lqini orqali yetkazib turiladi”, — deyiladi poytaxt hokimligi axborotida.
Festival munosabati bilan 30-avgust kuni soat 22:00 dan 23:59 gacha Toshkentning quyidagi ko‘chalari transport harakati uchun qisman yopiladi:
- Xalqlar do‘stligi maydonidan Qoratosh ko‘chasi orqali Suzuk ota majmuasigacha;
- Suzuk ota majmuasidan Ko‘kcha darvoza, Nurafshon ko‘chalari bo‘ylab, Qorasaroy ko‘chasi orqali Hazrati Imom majmuasigacha;
- Hazrati Imom majmuasidan Qorasaroy ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Abay ko‘chasi bo‘ylab, Olmazor va Islom Karimov ko‘chasi orqali Xalqlar do‘stligi maydonigacha.
Izoh (0)