Turkmanistonning Turkmanobod shahrida 24—30-avgust kunlari O‘zbekiston va Turkmaniston Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ikki mamlakat delegatsiyalari O‘zbekiston—Turkmaniston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘i loyihasini o‘tkazishga kelishgan hamda chegara demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini yakunlagan.
Uchrashuvda umumiy Davlat chegarasida tomonlar bajaradigan demarkatsiya ishlari hajmi ham kelishilgan. “Muzokaralar yakunlarida O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladi”, — deyiladi TIV axborotida.
Izoh (0)