Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri tumanlari kesimida eng ko‘p Mirzo Ulug‘bek tumanida 23 ta holatda daraxtlar noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tayotgan muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Фото: Facebook

Фото: Facebook

Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan 2019-yilning o‘tgan davrida jami 212 ta holatda 192 ta daraxt noqonuniy kesilgan va 152 ta daraxt shikastlantirilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 209 ta ma’muriy ish ochilgan bo‘lib, 78,9 million so‘m jarima va 387,7 million so‘m yetkazilgan zararni qoplash uchun undirib olingan.

Qonunbuzarliklarning 9 ta holatida katta miqdorda zarar yetkazilganligi uchun (EKOIHning 300 barobaridan ortiq, 66,9 million so‘m) hujjatlar prokuratura organlariga kiritildi va jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Poytaxt tumanlari orasida eng ko‘p Mirzo Ulug‘bek tumanida 23 ta holatda daraxtlar noqonuniy kesilganligi va buning natijasida 835,1 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Shuningdek, Yashnobod tumanida 17 ta holatda 602,7 millon so‘m, Chilonzor tumanida 35 ta holatda 238,6 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Oldinroq bir guruh jurnalist va blogerlar daraxtlarning ommaviy kesilishi bo‘yicha mamlakat rahbariyatiga ochiq xat yo‘llagan edi. Unda mamlakat rahbarlaridan shahar va qishloqlarda daraxtlarning nazoratsiz kesilishi bilan bog‘liq ekologik masalani zudlik bilan va kechiktirmay hal etishlari talab qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi