Toshkentning Olmazor tumanidagi savdo majmuasi qurilish maydonida metall konstruksiya ag‘darilgani natijasida 4 ishchi halok bo‘lgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 28-avgust kuni Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan Riviera savdo majmuasida sodir bo‘lgan. Savdo majmuasida metall konstruksiya qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)