Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mamlakat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Ularda davlat rahbariga muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, Xitoy raisi Si Szinpinning tabrigida “Siz bilan siyosiy o‘zaro ishonchni mustahkamlash, ikki mamlakat va xalqlar farovonligi uchun O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini uzluksiz va izchil rivojlantirishga erishish maqsadida ‘Bir makon, bir yo‘l’ loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga birgalikda sa’y-harakat qilishga tayyorman”, — deya qayd etilgan.

“Ishonchim komilki, biz bundan keyin ham xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda davom etamiz”, — deyilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qutlovida.

“Sizning Oq uyga tashrifingizni yodga olib, mamlakatlarimiz o‘rtasida so‘nggi yillarda mustahkamlanib borayotgan strategik muloqotlarni yuqori baholashimni ta’kidlashni istar edim.

Shuningdek, Sizning O‘zbekiston ahliga xizmat qiluvchi yanada mustahkam, shaffof va mas’uliyatli tashkilotlar yaratish orqali mamlakat kelajagiga sodiqligingizni qadrlayman. Sizning muvaffaqiyatli yutuqlaringizda sherik bo‘lishdan g‘ururlanamiz”, — deyiladi AQSh prezidenti Donald Trampning tabrigida.

Tabriklar kelishda davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi