Joriy yilning 14-sentabr kuni Yerga bir vaqtning o‘zida ikkita katta asteroid maksimal darajada yaqinlashadi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: NASA

2000QW7 nomini olgan asteroidlardan birining diametri 290 metrdan 650 metrgacha teng bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. U balandligi 540 metr keladigan Ostankino teleminorasidan ham kattaroq. NASA’ning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu asteroid sayyoradan 5,3 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi.

Xuddi shu kuni Yerga diametri 260 metrga teng 2010CO1 nomli asteroid ham yaqinlashadi.